Hatice Sultan (Murod V ning qizi)
Xadicha Sulton (usmonli turkcha: خدیجه سلطان; turkcha: Hatice Sultan; 1870-yil 5-aprel — 1938-yil 12-mart) — Usmonli malikasi, Sulton Murod V va uning uchinchi xotini Shayan Xotunning toʻngʻich qizi.
Yoshligi
Xadicha Sulton 1870-yil 5-aprelda otasining Kurbagʻalideredagi villasida tugʻilgan. Uning otasi Murod V Abdulmajid I va Shevkefza Sultonning oʻgʻli va onasi esa Shayan Xotun edi. U otasining ikkinchi farzandi va katta qizi, shu bilan birga onasining yagona farzandi edi. Murod taxtga oʻtirgunicha villada yashirin holda tarbiyalangan.
Murod 1876-yil 30-mayda taxtga oʻtirgach, amakisi Abdulaziz taxtdan tushgandan soʻng, uning oilasi Dolmabahche saroyiga joylashdi. Uch oy hukmronlik qilgandan so‘ng, 1876-yil 30-avgustda ruhiy beqarorlik tufayli taxtdan chetlatildi va Chirogʻon saroyida uy qamogʻiga tashlangan. Xadicha va uning onasi Murodning ortidan qamoqxonaga borishadi.
Qamoqdagi hayoti
Oilasi qamoqdaligida Xadicha Sulton atigi olti yoshda edi. Oʻn yoshga toʻlganida, u allaqachon baxtli va quvnoq qizga aylanib ulgurgan edi. U ertaklarni yaxshi koʻrar va hatto ularni tinglab, hikoyalarning oxirini ham toʻgʻrilab qoʻyardi, bu uning yorqin tasavvurga ega ekanligini va yoshiga nisbatan ancha rivojlanganligini isbotlaydi.
U oʻsib ulgʻaygan sari uning his-tuygʻulari tezda kuchayib bordi. U oʻqishni oʻrganishi bilanoq romanlarga qiziqishga kirishdi. U yashirincha otasining kitoblari orasidan romanlarni tanlar, goh-goh kun-u tun o‘qib o‘tirardi. Ushbu romanlarning aksariyati fransuz mualliflarining asarlari edi, chunki uning oʻgay onasi Gevherriz Honim va uning otasi fransuz tilini oʻrgatgan edilar.
Filizten Honimning soʻzlariga koʻra, Xadicha Sulton tabiatan haddan tashqari romantik edi. U shunchalik goʻzal ediki, uni „malikalarning yulduzi“ deb atash mumkin edi. U sezgir, otashin va joʻshqin ayol edi, deb taʼriflaydi Filizten Honim.
Birinchi nikohi
Yillar oʻtib, Haticha balogʻatga yetib ulgʻaygach, u boʻlajak turmush oʻrtogʻini orzu qila boshlaydi. Nihoyat, uning shikoyatlari onasi va katta xalfalar tufayli otasining eʼtiboriga tushdi. Murod oʻz shikoyatlarini Abdulhamid II ga yubordi. Amakisi esa oʻzi va singlisi uchun kuyov topishni oʻz burchi deb bilardi, lekin bir shart bilan bunga ruxsat berdi, ular saroyni tark etgandan keyin qaytib kelmasliklari kerak edi.
Shu bilan malikalardan nima qilmoqchi ekanliklari soʻraldi. Ikkalasi ham Chirogʻon saroyini tark etib, turmush qurishni afzal koʻrdilar. Abdulhamid ikki malikani Yulduz saroyiga olib keltirdi va tarbiyalattirdi. O‘rtako‘ydagi villalardan birini to‘liq taʼmirlashni, yana bir yangi villani qurishni buyurdi. U ularni toʻliq jihozladi, soʻng ularni suratga olishni buyurdi va fotosuratlarni Murodga yubordi.
1898-yil oktyabr oyida u va uning singlisi Fehime Sulton Shlezvig-Golshteynlik nemis imperatori Avgusta Viktoriya va uning eri Germaniya imperatori Vilgelm II bilan Istanbulga tashrif buyurganida bilan uchrashdilar. Oʻsha paytda ikkalasi ham Yulduz saroyida yashar edilar. Abdulhamid oʻz qizlarini imperator bilan tanishtirsa, lekin ularni oʻz davralariga qoʻshmasa, ular juda xafa boʻlishlarini tushunib, ularni ham marosimda ishtirok etishlarini istadi.
Abdulhamid Xadichani Abdulmajid I ning qizi malika Naile Sulton, shu bilan birga Abdulazizning qizi Esma Sultonning eri Kabasakal Cherkes Mehmed Poshoga turmushga berishga qaror qildi. Biroq, nikoh amalga oshmadi.
Nihoyat, 1901-yilda Abdulhamid roziligi bilan otasining xizmatkorlaridan biriga Ali Vasif Poshoga turmushga chiqdi. Unga toʻy uchun tayyorgarliklarga singlisi Fehime Sulton va Sulton Abdulazizning qizi Emine Sulton yordam berishdi. Nikoh 1901-yil 1-sentyabrda Yulduz saroyida boʻlib oʻtgan. Er-xotinga Oʻrtakoʻydagi saroylardan biri qarorgoh qilib berildi. Er-xotinning farzandlari yoʻq edi.
Nohush voqea va ajralish
Sulton Abdulhamid II ning qizi Naime Sulton bilan qoʻshni villalarda yashashgan. Xadicha Sulton Naime Sultonning eri Mehmed Kamoleddin Posho bilan uch oydan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Filizten Honimning soʻzlariga koʻra, ular turmush qurishlari uchun Naime Sultonni oʻldirishga qaror qilishgan. Bu voqea 1904-yil boshida sodir boʻlgan. Biroq, bir qancha manbalarda bu uning otasini Chirogʻon saroyida qamoqqa tashlagan Abdulhamiddan oʻch olish maqsadida tuzgan rejasi boʻlganini ham aytishadi. Axir u oʻttiz yoshga toʻlgunga qadar turmushga chiqa olmagan, keyin esa uni hech qachon sevmagan kishiga turmushga bergan ham edi. Shunday qilib, qasos olishning eng zoʻr yoʻli Sultonning sevimli qizining nikohini buzish edi.
Natijada yuzaga kelgan janjal Abdulhamidni gʻazablantirdi. Avvaliga Naime Sultonni eridan ajrashtirdi. Keyin Kamoliddin Poshoni barcha harbiy sharaflaridan mahrum qilib, Bursaga surgun qildi. Xatichening otasi Murod esa qandli diabetga chalingan boʻlib, bu voqeani eshitgach, koʻp oʻtmay olamdan oʻtdi.
Ichki surgunda Kamoleddin Poshoni qoʻriqlash yuklatilgan Bursa hokimi Semih Mumtaz Naimani zaharlash rejasi haqida hech narsa aytmaydi, aksincha, Xadicha Sulton va Kamoleddin Posho oʻrtasidagi munosabat ishq-muhabbatdan iborat boʻlganini daʼvo qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, Kamoliddin Poshoning bogʻ devoriga otilgan sevgi maktublarini Xadicha Sulton olib, sulton tanlagan bechora eri uchun qasos olish maqsadida ataylab Abdulhamidga oshkor qilgan.
G‘arb matbuotida faqat Sultonning kuyovi Xadicha Sulton bilan yashirin yozishmalari natijasida hibsga olinib, surgunga jo‘natilgani haqida ham gapirilgan.
Xadicha va uning eri koʻp oʻtmay ajrashishdi. Kamoliddin Posho ichki surgunga jo‘natilgan bo‘lsa-da, Abdulhamid keyinchalik uni kechirib, yana Yulduz saroyiga chaqiradi.
Ikkinchi nikohi
Xadicha Sulton Ali Vasif Posho bilan ajrashgach, 1909-yil 11-mayda Xayri Beyning oʻgʻli Rauf Xayri Beyga (1871 — 1936) turmushga chiqadi. Ikkisining 1911-yil 31-yanvarda go‘dakligida vafot etgan Sultonzoda Usmon Bey, 1912-yil 12-iyunda tug‘ilgan Sultonzoda Xayri Bey va 1914-yil 13-aprelda tug‘ilgan Selma Hanimsulton farzandlari bor edi. Ikkisi 1918-yilda ajrashishdi.
Xayriya
1912-yilda Istanbul va uning atrofidagi jamoalarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun 1877-yilda tashkil etilgan „Usmonli Hilol-i Ahmer jamiyati“ vaqf tarkibida „Hilol-i Ahmer ayollar markazi“ tashkil etildi. 1915-yil may oyida, Gelibolu yurishi paytida, bu tashkilot aʼzosi sifatida, Xadicha Qodirga kasalxonasiga tashrif buyurib, askarlar oʻrtasida roʻmollar va sigaretlar tarqattirdi hamda kasalxonaga choy va shakar sovgʻa qildi.
Surgundagi hayoti va oʻlimi
1924-yil mart oyida imperator oilasining surgunida Xadicha Sulton va uning ikki farzandi Livanning Bayrut shahriga joylashdi. Muhojirlikda uchovi sobiq eri Rauf bey yuborgan nafaqa evaziga kun kechirishgan. Biroq, uni kontrabandaga aralashtirib, ishdan boʻshatib, qamoqqa tashlashganda, ular yana pulsiz qolishdi.
1932-yilda Fransiyada yashovchi Usmonlilar oilasining ikki malikasi, malika Durrushehvar Sulton va Nilüfer Hanimsulton uchun qoʻsh oʻyin oʻtkazildi. Oʻsha paytda dunyodagi eng boy odam hisoblangan Haydarobodlik Nizom ikki oʻgʻli uchun ularning qoʻlini soʻragan edi. Fransiyaning janubida oʻtkazilgan kichik toʻydan soʻng, ikki kelin Hindistonga yashashga ketishdi. Qiyin sharoitda Xadicha qizini turmushga berishga majbur boʻla boshladi, qanchalik tez boʻlsa, shuncha yaxshi edi. Ammo qashshoq turk qirolligi uchun munosib turmush oʻrtoqlarni topish juda qiyin boʻlib qoldi. Tahminan besh yil oʻtgach, Hindistonda Selma uchun er topildi. Selma 1937-yilda Kotvaralik Raja Sayid Sajid Husayn Aliga turmushga chiqish uchun Hindistonga safar qildi.
Xadicha oʻshanda kuyovi Raja tomonidan yuborilgan nafaqada yashar edi. Keyinchalik u insultni boshdan kechirdi va oxir-oqibat 1938-yil 12-martda oltmish yetti yoshida vafot etdi. U Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn etilgan.
Faxriy unvonlari
Farzandlari
Adabiyot va ommaviy madaniyatda
Shajarasi
Manbalar
Kitobiy manbalar
uz.wikipedia.org