Hassler Whitney




Hassler Whitney (talaffuzi: Xassler Uitni) (23-mart 1907-yil — 10-may 1989-yil) — amerikalik matematik. Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan bir. Shuningdek, differentsial geometriya va topologiya, algebraik topologiya, halokatlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Whitney 1928-va 1929-yillarda Yale universitetidan mos ravishda fizika va musiqa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1932-yilda Harvard universitetidan matematika boʻyicha PhD ilmiy darajasini olgan. Olim 1930–1931-yillarda Harvard universitetida matematika oʻqituvchisi va 1934–1935-yillarda yordamchi professor lavozimida ishlagan.

Whitney algebraik va, ayniqsa, differensial topologiya sohasiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning asosiy natijalaridan biri sanoqli bazaga ega umumiy silliq xilma-xillikning ikki baravargacha katta boʻlgan Euclid fazosiga joylashtirish teoremasidir. Shuningdek, uning xarakterli sinflar va vektorli toʻplamlar boʻyicha ishlari ham eʼtiborga loyiq.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz