Hassan Diab




Hasson Diyob (arabcha: حسّان دياب; 1959-yil 6-yanvarda tugʻilgan, Bayrut, Livan) — Livan universiteti professori va siyosatshunosi. 2020-yil 21 yanvardan beri Livan Bosh vaziri, sobiq taʼlim vaziri (2011-2014).

Tarjimai holi



1959-yil 6-yanvarda Bayrutda tugʻilgan. U Leeds shahar universiteti va Surrey universitetida tahsil olgan, 1985-yilda Bath universitetidan kompyuter muhandisligi fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

1985-yildan beri u Baytrutdagi Amerika universitetida kompyuter muhandisligi boʻyicha dars bergan, 2006-yilda ushbu universitetning vitse-prezidenti etib tayinlangan va mintaqaviy tashqi aloqalar dasturlari uchun javobgar boʻlgan. 2011-yildan 2014-yilgacha Najib Miqotiy hukumatida Taʼlim vaziri boʻlib ishlagan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz