Hassan Al-Haydos




Hassan Khalid Hassan Al-Haydos (talaffuzi: Hassan Xolid Hassan Al-Haydos) (1990-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi. Hassan Al-Haydos „Al Sadd“ futbol klubi va Qatar milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati




Hassan Al-Haydos sakkiz yoshida „Al Sadd“ futbol klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshladi. Hassan Al-Haydos oʻn yetti yoshida asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Bu vaqtda „Al Sadd“ futbol klubining bosh murabbiyi Jafal Rashed Al-Kuwari boʻlgan edi.

Hassan Al-Haydos klub safida 2011-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida „Jeonbuk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan edi. Ushbu oʻyinda „Al Sadd“ futbol klubi Hassan Al-Haydosning penaltidan urgan goli hisobiga gʻalaba qozondi. Gʻalaba „Al Sadd“ futbol klubining Osiyo vakili sifatida Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl olishini taʼminladi.

Hassan Al-Haydos Doha stadionida oʻtkazilgan soʻrovnomada 2014-yilgi „Eng yaxshi Qatar futbolchisi“ deb topildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Hassan Al-Haydos 2007-yilda Qatar olimpiada terma jamoasi safida 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichi doirasida Yaponiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hassan Al-Haydos musobaqaning yana ikkita oʻyinida maydonga tushdi. Ularning biri Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasiga qarshi, ikkinchisi esa Vyetnam milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda edi. Shuningdek, Hassan Al-Haydos 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashi bosqichida Qatar milliy futbol terma jamoasining sardori sifatida maydonga tushgan va dastlabki bosqichda Hindiston milliy futbol terma jamoasi darvozasiga gol urgan.edi. Hassan Al-Haydos ushbu uchrashuvda „O‘yinning eng yaxshi odami“ sovrinini qo‘lga kiritdi.

Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi safida 2008-yilning 10-sentyabrida Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida maydonga tushdi. Oʻshandan beri Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi bilan 146 ta oʻyin oʻtkazdi. Bu oʻyinlarda Hassan Al-Haydos 32 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkich Hassan Al-Haydosni Qatar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga hamda Muhammed Salem Al-Enazi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrindagi eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz