Hasanxon qori




Hasanxon Yahyo Abdulmajid (Hasanxon qori nomi bilan tanilgan; 1981-yil 12-yanvar, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkazilgan 19-Qur’on musobaqasining Respublika bosqichi (2009). U Toshkentda joylashgan „Minor“ jomʼe masjidida imom-xatib vazifasida boʻlgan. Hozirda „Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jomʼe masjidining“ imom-xatibidir.

Tarjimai holi



Hasanxon Yahyo Abdulmajid 1981-yil 12-yanvarda Andijon shahrida tavallud topgan.

Yutuqlari



Hasanxon Yahyo Abdulmajid 13 yoshidayoq Qurʼonni toʻla yod olgan. Shu sababli koʻplab yutuqlarga erishgan. Yaʼni 2005-yil Saudiya Arabistoni qirolligi Makka shahrida oʻtkazilgan xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashgan. Uning eng katta yutuqlaridan biri: 2009-yili Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkazilgan 19-Qur’on musobaqasining Respublika bosqichida birinchi oʻrinni olgan.

Oʻqish faoliyati



2012-yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. Undan soʻng Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ikkinchi mutaxasisslik boʻyicha „Tarix va jahon siyosati“ fakultetida oʻqigan va u yerni 2016-yilda tamomlagan. Keyin esa Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida magistrlik darajasini olish uchun oʻqigan. 2022-yil esa „Qur’onshunoslik va hadisshunoslik“ fakultetida doktoranturaga kirgan va hozirda doktorlik ishini davom ettirmoqda.

Asarlari va tarjimalari



Hasanxon qori ukasi Husanxon qori bilan hammualliflikda „Navoiydan chu topqaylar navoe“ kitobini yaratgan. „Yoʻl harakati fiqhi“ kitobini Toshkent islom institutini bitirgan vaqtida bakalavr darajasini yoqlash uchun yozilgan ilmiy ishning kitob shakliga keltirilgan holati. Butun islom dunyosida keng tarqalgan Mavlid kitobi „Mavludi barzanjiyni“ oʻzbekchaga tarjima qilib, sharhlagan. Hamda qorilar va Qur’on muxlislariga qaratilgan „Hatmi qur’onga marxabo“ kitobini yozgan. Oxirgi kitoblaridan biri „Qorilarning oltin silsilasi“da oʻzbek qorilarining sanadlari keltirilga va ilmiy isbotlab chiqilgan. Bu kitob tadqiqot koʻrinishiga ham ega va tarixiy koʻp haqiqatlarni yetkazuvchi kitob hisoblanadi. Hasanxon qori „Qur’on tartili“ qoʻlanma kitobi ham yaratgan. Bu kitobning audio va video qoʻllanmasi chiqarilgan. Uning „Qur’on oʻqish qoʻlanmasi“ kitobi hamda „Qiroatlar haqida“ nomli risolasi ham chop etilgan.

Faoliyatlari



Hasanxon Yahyo Abdulmajid Toshkent shahrida joylashgan „Minor“ jomʼe masjidida imom-xatib vazifasida boʻlgan. Hozirda „Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jomʼe masjidining“ imom-xatib noibidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz