Hasanxon Muhiddinov




Muhiddinov Hasanxon — uning aytishicha 60 yoshda, vrach ma’lumotiga ko‘ra 46 yoshda, Namangan shahridan, yirik yer egasi, eshon
oilasidan, diniy xizmatchi, imom, yashirincha tabiblik bilan
shug‘ullangan. Aksilinqilobiy tashkilot Baliqchi guruhining
rahbari sifatida ayblanayotgan Nazratullayev, Alixonovlar ko‘magida Matkarimov orqali muhojir ruhoniylar bilan aloqada
bo‘lganlikda, 1935 — 1936-yillardagi qator yig‘ilishlarda ishtirok etganlikda, xotin-qizlar ozodligiga qarshi mag‘lubiyatchilik
targ‘iboti olib borganlikda ayblangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz