Hasanov Moʻyidin Yunusovich




Moʻyidin Yunusovich Hasanov (1917.9.10 — Fargʻona viloyati, Quva tumani — 1947.4.10) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1939-yildan armiyada. 1941-yil iyuldan frontda. 195-Novorossiysk togʻ-minomyot polki 4-ba-tareyasi (Shim. Kavkazfronti, 18-armiyaning, 318-togʻ-oʻqchi diviziyasi) minom-yotchisi. 1943-yil 1-noyabrda Kerch shahri yonidagi Eltigen shaharchasi (hozirgi Geroyevskoye)ni ozod qilishda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1943-yil 17-noyabr). Fargʻona va Quva shaharlari koʻchalariga va Quva tumanidagi maktabga nomi berilgan hamda Toshho-vuz qishlogʻidagi maktab oldida byusti oʻrnatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz