Hasanboy Qosimov




Hasanboy Qosimov (1958-yil, 6-dekabr; Andijon viloyati, Asaka tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni sohibi.

Tarjimai holi



Hasanboy Qosimov 1958-yil 6-dekabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. 1982-yilda Toshkent politexnika institutini bitirgan. 1985—1993-yillar oraligʻida asaka priseplar zavodida muxandis-texnolog, texnik byuro boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2008—2018-yillarda „GM Oʻzbekiston“ AJ ishlab chiqarish boʻlimida bosh texnolog vazifasini oʻtagan. 1995-yilda malaka oshirish uchun Koreyaga borgan. 2001-yilda UzAutoMotors tomonidan „Matiz“ loyihasining amalga oshirilishida Hasanboy Qosimov boshchiligidagi boʻlinma katta hissa qoʻshdi. H.Qosimov 2018-yilda nafaqaga chiqqan.

Mukofotlari




Manbalar




Adabiyotlar



Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi. 

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz