Hasanboy Doʻstmatov




Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — birinchi vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yil Olimpiyada chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan.

Biografiyasi




Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev.

Havaskor darajadagi faoliyati



Doʻstmatov 2009-yilda Qozog‘istonda Qozog‘iston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallab, o‘zining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. O‘sha yili O‘zbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo o‘yinlarida yettinchi o‘rinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang o‘tkazib, barcha yetti jangda g‘alaba qozongan.

2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-o‘rinni egallagan.

Havaskor natijalar




Professional faoliyati



2019-yilning 16-noyabr kuni Do‘smatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz