Hasanboy Burxonov




Hasanboy Burxonov (1970-yil 14-dekabr, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — nogironigi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklari himoyachisi, jamoat va siyosat arbobi. Oʻzbek muxolifati yetakchilaridan biri va „Erkin Oʻzbekiston“ siyosiy muxolifat harakatining asoschisi.

Biografiyasi



Hasanboy Burxonov 1970-yil 14-dekabrda O‘zbekiston SSR Namangan viloyatida tavallud topgan. Jismoniy imkoniyati cheklangan inson. Toʻqqiz oyligida u poliomiyelitga chalingan, buning natijasida harakatlanish uchun yordamchi vositalaridan foydalanadi. 1986-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahridagi 100-sonli umumtaʼlim maktab-internatini tamomlagan. 1990-yilning iyun oyida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasida Mixaylov Iqtisodiyot kollej-internatini tamomlab, F. E. Dzerjinskiy nomidagi Xarkov yuridik institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilinadi.

Mehnat faoliyati



Hasanboy Burxonov mehnat faoliyatini 19 yoshida Namangan viloyatidagi SSSR Gossnab tizimida marketing bo‘yicha muhandis sifatida boshlagan.

1993-yilning bahorida, yaʼni 22 yoshida „Angel“ xususiy kompaniyasiga asos solgan. Hasanboy Burxonov ijtimoiy faoliyatining boshlanguniga qadar bir qancha tijorat tuzilmalarida ishlab kelgan.

Jamoatchilik faoliyati



2005-yil oxirida Hasanboy Burxonov, 1991-yil 22-yanvarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasining Islom Karimov imzolagan 18-sonli Qarori bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati (OʻzNJ) tizimiga ishga taklif qilinadi.

2006—2008-yillarda O‘zNJning „Texnokomtrade“ sho‘ba korxonasi direktori;

2007—2012-yillarda O‘zNJning Toshkent shahar bo‘limi raisi;

2009—2012-yillarda O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2009-yilda Burxonov tomonidan „O‘zbekiston nogironlar jamoat fondi“ tashkil etilgan bo‘lib, fond O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yilning 28-avgust sanasida 708-raqamda davlat ro‘yxatiga olingan.

Jinoiy ishi



2009-yilda Toshkent shahar prokuraturasi Burxonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atadi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan nazarda tutilgan qilmishlar boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan. Burxonov ustidan olib borilgan sud jarayonlari 3,5 yil davom etadi va bu jamoatchilik eʼtiborini ham oʻziga tortadi.

Sud majlislarida qatnashgan va Burxonov ishini koʻzdan kechirgan huquq himoyachilari hamda AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari vakillarida Toshkent shahar prokuraturasining Burxonovga qoʻygan ayblovlari haqqoniyligiga katta shubha bilan qarashadi. Burxonov ishi AQSh Davlat departamenti va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2012-yilgi Inson huquqlari boʻyicha global hisobotda qayd etilgan.

Siyosiy emigratsiya



Hayotiga real xavf tahdid sola boshlaganidan soʻng, 2012-yilning kuzida Hasanboy Burxonov Oʻzbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana soʻraydi. Uning arizasini ko‘rib chiqilib, Uning arizasi ko‘rib chiqilib, 2013-yil 14-noyabrda Federal Migratsiya va Qochqinlar Boʻyicha Boshqarmasi (BAMF — Bundesamt für Migration und Flüchtlinge) Germaniya Konstitutsiyasining 16 „a“ bandiga muvofiq Hasanboy Burxonovga siyosiy boshpana beradi.

Muxolifat faoliyati



Emigratsiya davrida ham Hasanboy Burxonov oʻzining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini davom ettirib, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Hasanboy Burxonov va uning safdoshlari „Erkin Oʻzbekiston“ siyosiy muxolifat harakatini tuzib, ommaviy tadbirlar, namoyishlar, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, norozilik namoyishlarida qatnashib, ularda soʻzga chiqadi va oʻz mintaqasining dolzarb muammolarini koʻtargan holda ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beradi. Shuningdek, uning faoliyatiga qiziqish bildiradigan ommaviy axborot vositalariga muntazam ravishda intervyu berib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2020-yildagi saylovni monitoring qilish chog‘ida, Burxonov germaniyalik kuzatuvchini pora olganlikda ayblaydi.

2019-yil sentabr oyida YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Varshavadagi yig‘ilishida ishtirok etar ekan, Burxonov, Oʻzbekiston kuch ishlatar tuzilmalardan, sodir etgan jinoyatlari uchun Shavkat Mirziyoyevni hibsga olishni talab qilgan edi. Aynan shu anjumanda, Yevropa Ittifoqi va AQSh hukumatiga o‘zbek muxolifati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilish taklifi bilan chiqadi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligida „Namanganlik firibgarning Varshavadagi vasvasasi“ (Namangan firibgarining Varshava isteriyasi) rukni ostidagi maqola eʼlon qilinishi O‘zbekiston rasmiylarining O‘zbekiston rasmiylarining Burxonovning bu va boshqa YXHTdagi chiqishlariga munosabati bo‘ldi. Maqolada Burxonov qanday qilib davlatga 59 million so‘m miqdorida zarar yetkazgani va jinoiy javobgarlikdan qutulish, shuningdek, Germaniyada siyosiy qochqin maqomini olish maqsadida O‘zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgani aytiladi. Nashrning yakuniy qismi quyidagi jumlalar bilan yakunlanadi: „ U zudlik bilan Oʻzbekistonga ekstradatsiya qilinishi lozim! Boshqacha boʻlishi mumkin emas!!!“

Internet tarmoqlarida bundan tashqari ham Burxonov haqidagi shu kabi mazmunda yozilgan maqolalar mavjud.

2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng, xalqaro yig‘ilish va konferensiyalarda nutq so‘zlagan Hasanboy Burxnov bir necha bor YXHT mintaqasi davlatlariga Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan olishni tavsiya qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz