Hasan Ruhani
Hasan Ruhoniy — 2013-yildan boshlab Eron Islom Respublikasining Prezidenti. 1948-yil, 12-noyabrda Eronning Sorhe shahrida tugʻilgan. Hasan Ruhoniy siyosatchilikdan tashqari Islomning Shia mazhabi yetakchisi hamdir. Hasan Ruhoniy Eronning 7-prezidenti hisoblanadi.
Biografiyasi
Hasan Ruhoniy 1948-yil 12-noyabrda Eronning Semnan ostanidagi Sorhe shahrida tugʻilgan. Diniy savodni 1960-yildan boshlab oldi. 1969-yil Tehron universitetiga oʻqishga kirdi va 1972-yili Sud huquqlari boʻyicha bakalavr darajasiga koʻtarildi. 1995-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Kaledon Universitetida „Eron misolida Islomiy qonunchilik“ (The Islamic legislative power with to the Iran experience) magisterlik dissertatsiyasini yoqladi. 1999-yili oʻsha universitetda „Falsafa va Davlat huquqshunosligi“ boʻyicha doktor unvonini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek Hasan Ruhoniy koʻp tillarda soʻzlasha oladi, bular: fors, arab, ingliz, fransuz va olmon tillaridir.
Siyosiy karyerasi
1991-yildan boshlab siyosiy karyerasi boshlandi. 1989-yildan „Milliy Xavfsizlikning oliy kengashi“ aʼzosi, 1999-yildan boshlab esa „Ekspertlar Hamjamiyati“ aʼzosi. Eron yadroviy dasturi boʻyicha Yevropa davlatlari bilan muzokara olib borgan.
2013-yil 15-iyun kuni „Prezideentlik saylovlari“da gʻalaba qozondi va „Eron Islom Respublikasi Prezidenti“ deb eʼlon qilindi.
Fotosuratlar
Manbalar
Havolalar
Andoza:Eron Prezidentlari
uz.wikipedia.org