Hasan Joʻrayev




Hasan Joʻrayev (1906-yil Toshkentda tug‘ilgan — 1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSRda vafot etgan) — sovet partiya yetakchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi  birinchi kotibi (1952 — 1954-yillarda).

Biografiya



Hasan Joʻrayev 1906-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1924-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (РКП (б)) aʼzosi hisoblangan.

Joʻrayev mehnat faoliyatini 1918-yilda Qoʻqonda temiryoʻlchi sifatida boshlagan. 1922 — 1925 yillarda Eski Buxoro stansiyasida qorovul boʻlib ishlagan.

1952 — 1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz