Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy




Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy (arabcha:حسن بن منصور أوزغاندي — Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy — Toʻliq ismi:Hasan ibn Mansur ibn Mahmud Faxriddin Qozixon Oʻzgandiy Fargʻoniy (vafoti 593/1197-yil)) — faqih.

Faoliyati



Hasan ibn Mansur Oʻzgandiyning ilmiy merosi „Mashhur fatvolar toʻplami“, „Al-voqiʼot“ („Dalillar“), „Al-amoliy“ („Imlo qilingan“), „Al-muxozara“ („Maʼruzalar“), „Sharhu-z-Ziyodot“ („Ziyodot asari sharhi“), „Sharhu-l-jomiʼu-s-sagʻir“ („Kichik toʻplam sharhi“), „Sharhu Odobu-l-qoziy“ („Qozilar odobi asari sharhi“) va boshqa asarlardan iborat.
Hasan ibn Mansur Oʻzgandiy ustozlari Zahiriddin Hasan ibn Ali Margʻinoniy, Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Mahmud ibn Abdulaziz Oʻzgandiylardan taʼlim olgan. Shogirdlari qatorida Jamoluddin Abdulmahomid Mahmud Husayriy, Shamsu-l-aimma Muhammad Kardariy va boshqalar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz