Hasan Ali Kaldırım
Hasan Ali Kaldirim (1989-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — Turkiyaning professional futbolchisi, Superligada Istanbul Boshakshehir jamoasining chap qanot himoyachisi. U, shuningdek, xalqaro futbolchi boʻlib, Turkiya U-19, U-20 va U-21 toifalarida oʻynagan.
Ilk yillar
Ispartada tugʻilgan Kaldirim uch yoshida futbol oʻynagan. U 1-Bundesligga oʻtishdan oldin TuS Koblenzning yoshlar safida harakat qilgan. „Mainz 05“ bilan Kaldirim oʻrinbosarlar tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushgam. Uning transferidan olti oy oʻtgach, u yana Kayserisporga qaytgan.
Klublardagi faoliyati
Kaldirim 2010-yilning 6-fevralida „Kayserispor“da „Galatasaroy“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Birinchi mavsumda u oltita oʻyin oʻtkazgan. Ikkinchi mavsumida u muvaffaqiyatga erishgan va 15 oʻyinda maydonga tushgan. „Kayserispor“dagi uchinchi yili Kaldirim muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisiga aylangan va 33 ta oʻyinda maydonga tushgan. „Kayserispor“dagi yaxshi oʻyini tufayli u Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. U birinchi chaqiruv vaqtida ketma-ket toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va yaxshi oʻyin koʻrsatgan. Uning oʻyini Turkiyaning Fenerbahche klubi eʼtiborini futbolchiga qaratgan.
Kaldirim 2012-yilning 22-iyunida „Kayserispor“dan „ Fenerbaxche“ ga 6 million 750 ming yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida kelib qoʻshilgan. U 2012-yil 16-dekabr kuni Superligada „Galatasaroy“ga qarshi liga oʻyinida katta faoliyatidagi ilk golini kiritgan. „Fenerbaxche“dagi birinchi mavsumining birinchi yarmida u jamoaning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan, ammo 2013\14-yilgi mavsumda Mixal Kadlecga joyini boy bergan.
Xalqaro faoliyat
Kaldirim terma jamoadagi faoliyatini Turkiya U-19 yoshlar jamoasida boshlagan va oʻzining yagona oʻyinida gol urgan. U, shuningdek, U-20, U-21 va A2 darajalarida Turkiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
Kaldirimning bitta uka va bitta singlisi bor, ikkalasi ham futbolchi. U tennis va Formula 1 poygalarini tomosha qilishni yoqtiradi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro maydondagi gollar
Yutuqlar
Fenerbahche Manbalar
uz.wikipedia.org