Harvey Blair




Harvey Antonio Blair (2003-yil, 14-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Premyer Liganing "Liverpool" klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Blair Angliyaning Huddersfield shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati



Blair dastlab „Manchester United“ klubining yoshlar tarkibida, keyinchalik „Liverpool“ klubining U-12 jamoasida oʻyinchisi sifatida kelib qqoʻshilgan. U birinchi professional shartnomasini 2020-yil oktyabr oyida imzolagan. Keyinchalik u 2020-21-yilgi mavsum uchun klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga koʻtarildi. Uning birinchi yiliga olgan jarohati katta taʼsir oʻtkizdi, natijada u atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvofaq boʻldi.

Blair asosiy jamoadagi professional debyutini 2021-yil, 27-oktyabr kuni Preston klubiga qarshi EFL kubogi doirasida o‘tkazdi. U oʻyinning 55 daqiqasida almashtirildi. „Liverpool“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp Blairning oʻyini haqida shunday dedi: „Harvey uchun birinchi boʻlimdagi oʻyin haqiqatan ham oson boʻlmadi, ikkinchi boʻlimda ham. Biz uni oʻyinga jalb qila olmadik. Bu unga yordam bermaydi.“

Oʻyin uslubi



Blairni „yaxshi sur’at, oʻlcham va toʻp nazoratiga ega“ „ayyor vinger“ deb taʼriflashadi.

U muntazam ravishda 18 yoshgacha boʻlgan jamoa safida bosh murabbiy Bridge-Wilkinson qoʻl ostida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo hujumchi sifatida ham harakat qila oladi va 10-raqamli pozitsiyada biroz kengroq ishlaydi.

Shaxsiy hayoti



Uning akasi Marley ham klub tomonidan qoʻyib yuborilgunga qadar „Liverpool“ akademiyasida futbol oʻynagan. U hozir Islandiyaning Keflavik ÍF klubida oʻynamoqda.

Faoliyat statistikasi



2021-yil, 27-oktabr holatiga ko'ra

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz