Haruka Tachimoto




Haruka Tachimoto (yaponcha: 田知本 遥; tugʻ. 1990-yil 3-avgust, Imizu, Toyama, Yaponiya) — yaponiyalik dzyudochi, 70 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. 2012-yilgi Yozgi Olimpada oʻyinlari ishtirokchi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni.

Biografiya



1990-yil 3-avgustda Haruka Tachimoto Imizu shahrida tugʻilgan.

Faoliyati



Tachimotoning xalqaro miqyosdagi birinchi muvaffaqiyati 2007-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidagi gʻolib boʻldi. 2008-yilda Bangkokda (Tailand) oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2009-yilda esa Parijda (Fransiya) bu unvonni muvaffaqiyatli himoya qildi. 2011-yilda Koreya Respublikasi sportchi Hwang Ye-Sulga yutqazib, Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda u Parijda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida va Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi.

2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) oʻtkazilgan birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Haruka ettinchi oʻrinni egalladi. U kubalik Onix Cortésni magʻlub etib, keyin xitoylik sportchi Chen Feiga va niderlandiyalik sportchi Edith Boschga yutqazdi.

2013-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi bilan chempion boʻlgan, 2014-yilda esa umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Tachimoto Tyumen (Rossiya) va Parijda (Fransiya) oʻtkazilgan, Yaponiya chempionati va „Katta dubulgʻa“ turnirlarida gʻolib chiqdi. 2016- yilda u Parijda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi va Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Haruka Tachimoto 70 kg gacha vazn toifasida finalda kolumbiyalik Yuri Alvearni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz