Harry Potter va ajal tuhfasi
Harry Potter va ajal tuhfalari (inglizcha:
Harry Potter and the Deathly Hallows ) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi romandir. Harry Potter romanlar seriyasidagi yettinchi va soʻnggi kitobdir. 2007-yil 17-iyulda Birlashgan Qirollikda Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan, AQShda Scholastic nashriyoti tomonidan hamda Kanadada Raincoast Books nashriyoti tomonidan chop etilgan. Roman Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005) kitobidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan voqealar hamda sehrgarlar — Harry Potter va Lord Voldemort oʻrtasidagi yakuniy jang haqida hikoya qiladi.
Harry Potter va ajal tuhfalari romani chiqarilgandan buyon Harry Potter romanlari seriyasiga kiruvchi avval chiqarilgan kitoblar qayd etgan sotuv koʻrsatkichlaridan oshib, sotuvlar boʻyicha rekordlarni yangiladi. Bu roman 24 soat ichida AQShda 8,3 million nusxada, Birlashgan Qirollikda esa 2,65 million nusxada sotildi va buning ortidan Guinness rekordlar kitobiga kirdi. Roman tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. 2008-yili „Colorado Blue Spruce Book mukofoti“ga sazovor boʻldi va Amerika kutubxonalari assotsiatsiyasi tomonidan „Yosh-u kattalar uchun eng yaxshi kitob“ deb topildi. Ushbu roman asosida ikkita film suratga olingan: Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism (2010) va Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism (2011).
Sujet
Obzor
Dumbledore vafotidan soʻng, Voldemort Sehrgarlar vazirligini nazoratiga oldi. Ayni paytda, Harry oʻn yetti yoshga toʻlib, buning ortidan vafot etgan onasi muhofazasi yoʻqoladi. Harry, Ron va Hermione Voldemortning jontumorlarini topishga tayyorgarlik koʻrishadi. Ularning har biri Dumbledoredan meros oladi: Harryga oltin snitch, Ronga deluminator, Hermionega esa „The Tales of Beedle the Bard“ („Beedle qahvaxonasi ertaklari“). Ularga, shuningdek, Godric Gryffindor shamshiri ham meros qolgan boʻladi, biroq Vazirlik shamshirni olishga toʻsqinlik qiladi.
Epilog
Oradan 19 yil oʻtib, bosh qahramonlar farzandlarini Hogwartsga olib kelishadi. Harry va Ginnyning uch farzandi bor: James Sirius, Albus Severus va Lily Luna. Ron va Hermionening esa Rose va Hugo ismli ikki farzandi bor. Draco va uning rafiqasi oʻgʻli Scorpiusni kuzatib qoʻyishadi. Hogwartsga ilk marotaba borayotgan Albus otasi Harryga Slytheringa tushib qolishidan xavotirda ekanligini bildiradi. Harry unga Snapening sheryurakligini soʻzlab beradi hamda uning xohishini taqsimlovchi shlyapa hisobga olishini aytadi. Chandigʻi 19 yildan buyon ogʻrimadigan Harry „hammasi yaxshi“, deb taʼkidlaydi.
Boblari
Filmlar
Ushbu kitob asosida Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism va Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism nomli ikki fim suratga olingan. Ikki filmga ham David Yates rejissorlik qildi. Steve Kloves ssenariynavis sifatida, David Heyman, David Barron va J. K. Rowling produser sifatida qatnashdi. 1-qism 9-noyabr 2010-yilda, 2-qism esa 15-iyul 2011-yilda katta ekranlarga chiqarildi. Filmni suratga olish ishlari 2009-yil noyabridan 2010-yil 12-noyabrga qadar davom etdi.
Oʻzbekcha tarjima
Harry Potter va ajal tuhfalarini oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2020-yil Toshkent shahrida „Ilm-ziyo — zakovat“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Lolaxon Qoʻziboyeva, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova va dizayner — Feruzbek Vohidov.
Manbalar
Bibliografiya
Havolalar
uz.wikipedia.org