Harry Potter and the Chamber of Secrets (film)




Harry Potter va maxfiy hujra (boshqa nomi Harry Potter va maxfiy xona ; inglizcha: Harry Potter and the Chamber of Secrets ) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentaziya janrdagi roman boʻlib, Harry Potter romanlar turkumining ikkinchi qismidir. Roman voqealari Harryning „Hogwarts jodugarlik va afsungarlik maktabi“dagi ikkinchi yiliga toʻgʻri keladi hamda shu vaqt mobaynida maktab yo'laklari devorlarida „maxfiy hujra“ ochiqligi va „Slytherinning merosxoʻri“ barcha mugl ya'ni ota-onasi sehrgar bo'lmagan chalazot oʻquvchilarni oʻldirishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xabarlar ketma-ketligini oʻz ichiga oladi. Ushbu tahdidlar maktab oʻquvchilarini dahshatga solgan hujumlardan soʻng yuzaga keladi. Bir yildan buyon Harry va uning doʻstlari Ron va Hermione, bu kabi tahdidlarni oldini olishga intilishadi. Hamda asarda Harry hujrada yashiringan xavfli ilonni o'ldirishi va eng yaqin do'sti Roning singlisi Jennyni qutqarganligi yozuvchi tomonidan mahorat bilan tasvirlanadi.

Kitob ilk bor 1998-yil 2-iyulda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi. AQShda esa 1999-yil 2-iyunda Scholastic Inc. Nashriyotida chop etildi.

Ushbu roman asosida 2002-yilda suratga olingan film (oʻsha paytda) hamma vaqtlarning eng koʻp daromad keltirgan beshinchi filmi boʻlib, kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Harry Potter va maxfiy hujra romani asosida yaratilgan videooʻyinlar ham bir nechta platformalar uchun moʻljallanib chiqarilgan boʻlib, ularning aksariyati ijobiy baholandi.

Sujet




Boblari




Adaptatsiyalar



Film




2002-yili Harry Potter va maxfiy hujra asosida film suratga olindi. Filmga Chris Columbus rejissorlik qildi, Steve Kloves esa ssenariynavis oʻlaroq qatnashdi. Film budjeti $125 million boʻlib, kartina umumjahon boʻylab $600 million daromad keltirdi. „Eng yaxshi fentezi film“ nominatsiyasida Saturn mukofotiga nomzod boʻldi. Metacritic saytida 63 %, boshqa bir kinotanqid sayt — Rotten Tomatoesda esa 82 % ijobiy baholandi.

Videooʻyinlar




Oʻzbekcha tarjima



Harry Potter va maxfiy hujrani oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2018-yil Toshkent shahrida „Adabiyot uchqunlar“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Alisher Ravshanov, musahhih — Lolaxon Qoʻziboyeva va dizayner — Feruzbek Vohidov. Kitob adadi — 1 500 nuxsa.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz