Harry Martinson




Harry Martinson (1904.6.5 - Stokgolm — 1978.11.2) — Shvetsiya shoiri, jurnalist. Ilk sheʼrlar toʻplami — "Sharpa va kema" (1929). "Maqsadsiz sayyohatlar" (1932) ocherklar toʻplami va "Qichitqi oʻt gullari" (1935) romani oʻzining sarsonsargardonlikda kechgan umri, ogʻir yetimlik taassurotlari asosida yozilgan. M. "Koʻchmanchi" (1930), "Hayotga yoʻllanma" (1936), "Passat" (1945) sheʼriy toʻplamlari, "Klokri-kedagi yoʻl" (1948) romani va boshqa asarlar muallifi. M.ning "Aniara" (1956) falsafiy dostoni mashhur. Asar, bortiga 8000 yerlik olgan kosmik kema haqidagi 103 qoʻshiqsan iborat. Odamlar Yer sayyorasidagi atom halokatidan qochib ketadilar. Ayni vaqtda, maʼnaviy qadriyatlarni yoʻqotgan odamzotning majoziy tarixidir. Nobel mukofoti laureati (1974).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz