Harry Maguire




Jacob Harry Maguire (1993-yil 5-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier Leaguening „Manchester Yunayted“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Maguire 2011-yilda yoshlar jamoasidan Sheffield United asosiy jamoasiga oʻtgan. U klub uchun jami 166 professional oʻyin oʻtkazdi va ketma-ket uch marta ,,Yilning eng yaxshi oʻyinchisi‘‘ boʻldi, shuningdek, PFA Birinchi Liga uchun yilning eng yaxshi jamoasida ham koʻp marta ishtirok etdi. 2014-yilda u 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga oʻtdi, uni 2015-yilda „Uigan Atletik“ga ijaraga bergan. U 2017- yilda „Lester Siti“ga 12 million funt sterling evaziga kelib qoʻshilgan edi. Ikki yil oʻtgach, u 80 million funt sterling evaziga „Manchester Yunayted“ga oʻtdi, bu himoyachi uchun jahon rekordi summasi edi va olti oy ichida klub sardori etib tayinlandi.

Maguire 2012-yilda U21 Angliya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 2017-yil oktyabr oyida u Angliya terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Evro-2020 uchun tarkibiga jalb etildi.

Yoshlik



Maguire Janubiy Yorkshirning Sheffild shahrida tugʻilgan va Mosboro qishlogʻida. Uning akalari Jo va Lorens ham futbolchi. U Spinkhilldagi Immaculate Conception katolik boshlangʻich maktabida va Chesterfilddagi Avliyo Meri Rim-katolik oʻrta maktabida oʻqigan. 7 yoshdan 16 yoshgacha Maguire „Sheffild Yunayted“ akademiyasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynadi, bu esa unga bugungi kunda yuqori darajada oʻynaydigan markaziy himoyachiga aylanishiga yordam berdi.

Klubdagi faoliyati



Sheffild Yunayted



„Sheffild Yunayted“da yoshlar jamoasida, jamoa quyi ligaga tushib ketmaslikga harakat qilgan, Maguire asosiy jamoa tarkibida 2011-yil aprel oyida Kardiff Siti bilan oʻyinda debyut qiladi Oʻsha mavsumda u yana toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi, ammo klubning birinchi ligaga tushib ketdi.

Birinchi jamoadagi oʻrnini mustahkamlagan Maguire 2011-12-Liga Birinchi mavsumining ochilish kunida „Oldxem Athletic“ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobidagi gʻalabada oʻzining birinchi golini urdi. U ajoyib formada davom etdi, chunki „Blades“ Birinchi ligadan koʻtarilish uchun harakat qildi va mavsum oxirida klub tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb Maguire mukofotlandi. BBC jurnaliga koʻra Maguire 2011-12-yilgi mavsumning birinchi ligada yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb tanladi.

Hull City



2014-yil 29-iyulda Maguayr 2,5 million funt sterling evaziga „Hull Siti“ga qo‘shildi. U 21-avgust kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Belgiyaning " Lokeren " klubiga qarshi oʻyinda „yo‘lbarslar“ safida debyut qildi. U Premer-ligadagi debyutini 20-dekabr, „Suonsi Siti“ga qarshi oʻyinning soʻnggi 13- daqiqasida jarohat olgan Kertis Devisning oʻrniga maydonga tushdi.

Lester Siti



2017-yilning 15-iyunida Maguayr Premer-liganing „Lester Siti“ klubi bilan dastlabki shartnomasini imzoladi. Uning transferi 12 million funt sterling tushadi va 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning debyuti 11-avgust kuni "Arsenal" ga 4:3 hisobidaga mag‘lubiyat bilan boshlandi U 2017-18-yilgi mavsumning har bir oʻyinida oʻynadi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi, shuningdek, klubning mavsum yakuni boʻyicha eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Manchester Yunayted



2019-20 yilgi mavsum
2019-yilning iyul oyida „Manchester Yunayted“ 80 million funt sterling evaziga Maguireni transfer qildi. Transfer 5- avgust kuni yakunlandi, Maguayr yana bir yil varianti bilan olti yillik shartnoma imzoladi. U „Yunayted“ safidagi debyutini Premer-liga mavsumining dastlabki oʻyinida oʻtkazdi, 11-avgust kuni "Chelsi" ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan va „Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini Maguire oldi.

Terma jamoadagi faoliyat



Yoshlar jamoasi




Maguire Angliya shuningdek, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi Biroq, u birinchi marta 2012-yilning noyabr oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida uchun Angliyaning U21 terma jamoasiga chaqirildi. Danny Wilsonning taʼkidlashicha, "U oʻz yoshiga koʻra ajoyib yetuklikka ega, u hamma narsani oʻz zimmasiga oladi va hech narsa uni bezovta qilmaydi. Men ham bu chaqiruvni kutmayman, chunki u juda saviyali xarakterga ega. Shimoliy Irlandiyaga qarshi ushbu o‘yinda Maguayr 60-daqiqada maydonga tushadi Angliya terma jamoasi safida debyut qildi.

Milliy terma jamoa



2017-yilning 24-avgust kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Southgate Maguayrni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Malta va Slovakiyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoa safiga jalb etdi. U Angliyaning Litva ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvida debyut qildi, bu jamoaning Jahon chempionati saralash bosqichidagi soʻnggi oʻyini edi.

Shaxsiy hayot



Maguire Fern Hawkins bilan unashtirilgan. 2019-yil 3-aprelda Maguire o‘zining Instagram sahifasida Hawkins bilan o‘zining birinchi farzandi Lilli Sent-Maguayr qizini dunyoga kelganini maʼlum qildi. Maguire va Hawkins ikkinchi qizi Piper Rouz 2020-yil 9-mayda dunyoga keldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz