Harry Lewis
Harry Charles John Lewis (1997-yil, 20-dekabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Ikkinchi liga vakili „Bradford City“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Lewis Southampton akademiyasiga 2015-yilda Shrewsbery Town klubidan kelib qo‘shilgan. Southampton U-23 jamoasida ajoyib taassurot qoldirgandan soʻng, Lewis „Southampton“ klubi safidagi professional debyutini 2017-yil, 7-yanvarda Angliya kubogi oʻyinida „Norwich City“ klubiga qarshi oʻtkazdi. U oʻyinda davomida penaltini oʻtkazib yubordi, natijada „Southampton“ klubi Carrow Roadda 2:2 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda durangga imzo chekdi.
2017-yilning 14-iyulida u Shotlandiya chempionatining „Dundee United“ klubiga bir yillik ijara asosida qo‘shildi, shuningdek, „Southampton“ klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi. Besh kundan keyin u Shotlandiya liga kubogida Highland Football League klubi Buckie Thistle ustidan 3:0 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozondi. U barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushib, Dundee United klubiga ligada uchinchi oʻrinni va pley-off yarim finaligacha yettib borishiga yordam berdi, yarim finalda Livingston klubi tomonidan umumiy 4:3 hisobida magʻlub etildi.
2022-yilning 16-mayida Lewis shartnomasi muddati tugagach, 2022-yilning 1-iyulida „Bradford City“ klubiga o‘tishi tasdiqlandi.
Xalqaro faoliyati
Lewis Angliya U-18 terma jamoasini himoya qilgan. 2014-yil, 24-sentyabrda u Angliya U-18 terma jamoasidagi debyutini „Giovanni Chiggiato“ stadionida Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida darvozabon va jamoa sardor Freddie Woodmanni oʻrniga maydonga tushib o‘tkazdi.
Shaxsiy hayoti
Lewis Shrewsbury Town va Stockport County klublari sobiq darvozaboni Ken Mulhearnning nabirasi.
Faoliyat statistikasi
2020-yil, 11-noyabr holatiga ko'ra[13]
Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org