Harry Isted
Harvey James Duke Isted (talaffuzi: Xarvi Jeyms Dyuk Isted) (1997-yil 5-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Harry Isted Angliya chempionati vakili „Luton Town“ futbol klubi darvozaboni sifatida oʻynaydi.
Harry Isted, shuningdek, futbolchilik faoliyati davomida „Southhampton“, „Stoke City“, „Chesham United“, „Oxford City“ va „Wealdstone“ futbol klublarida ham oʻynagan.
Yoshligi va shaxsiy hayoti
Harry Isted Gʻarbiy Sussexning Chichester shahrida tugʻilgan. Harry Isted Chichester shahridagi oʻgʻil bolalar uchun moʻljallangan oʻrta maktabda oʻqigan.
Faoliyati
Harry Isted 2017-yil 27-iyulda „Stoke City“ futbol klubi bilan mavsumni yakunlaganidan soʻng, „Luton Town“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Harry Isted klubdagi debyut oʻyinini bir yildan koʻproq vaqt oʻtgach „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi.
2019-yil sentyabr oyida u Angliya Milliy Ligasi vakili „Oxford City“ futbol klubiga bir oyga ijaraga oʻtdi. Yangi klub bilan Harry Isted oʻzining ilk oʻyinida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2019-yil noyabr oyida Harry Isted Angliya Milliy ligasi vakili „Wealdstone“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. Biroq, 2020-yilning 30-noyabrida Harry Isted boshqa darvozabon Simon Sluga jarohati tufayli „Luton Town“ futbol klubi tomonidan chaqirib olingan edi. 2021-yil 30-yanvarda Harry Isted uchinchi marta „Wealdstone“ futbol klubiga yana ijara asosida qoʻshildi.
Harry Isted 2018-yildan beri birinchi marta „Luton Town“ futbol klubi asosiy tarkibida 2022-yil 2-mart kuni Angliya kubogi doirasidagi "Chelsea" futbol klubi qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Harry Isted 2022-yilning 18-aprelida „Luton Town“ futbol klubi uchun ligadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi (bu klubga ilk bor kelganiga deyarli besh yil boʻlganidan soʻng amalga oshirildi). Bu oʻyinda „Luton Town“ futbol klubi Angliya chempionati doirasida „Cardiff City“ futbol klubini qabul qildi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Harry Isted oʻyinda James Sheaning jarohatidan soʻng zaxiradan maydonga tushdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org