Harry Furstenberg




Hillel (Harry) Furstenberg (ivritcha: הלל (הארי) פורסטנברג) (talaffuzi: Hillel (Herri) Furstenberg) (1935-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-isroillik matematik. Furstenberg ehtimollar nazariyasi hamda ergodik teoriyani matematikaning boshqa sohalariga, jumladan, sonlar nazariyasi hamda Lie guruhlariga tatbiq qilib tanilgan. 2006/07-yilgi Wolf mukofoti hamda 2020-yili Abel mukofoti bilan bilan taqdirlangan.

Furstenberg 1935-yil Germaniyada tugʻilgan. 1939-yil oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan. 1955-yil Yeshiva universitetini tamomlagan. 1958-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. Avvaliga Minnesota universitetida, 1965-yildan Quddus yahudiy universitetida ishlagan.

Furstenberg 1955-yil tub sonlar cheksizligini yangicha topologik isbotini taklif qilgan. 1977-yil Szemerédi teoremasini isbotlagan. Furstenberg–Sárközy teoremasi uning nomi bilan ataladi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz