Harry Edward Kane




Harry Edward Kane (talaffuzi: Garri Edvard Keyn; 1993-yil 28-iyulda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, „Tottenham Hotspur“ futbol klubida hujumchi va Angliya terma jamoasi sardori. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi.

Xalqaro faoliyati



2010-yilning yanvar oyida Harry Kane Portugaliyada boʻlib oʻtadigan yoshlar turniriga Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga qoʻshilgan va 2010-yil 8-oktyabrda albanlar darvozasiga ikki marta gol urgan. Kane Angliya terma jamoasining 2012-yilning iyulida Estoniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqishida katta hissa qo‘shgan. Shunday qilib, hujumchi Fransiya terma jamoasining guruh bosqichida hal qiluvchi golni kiritgan va bu turnirning pley-off bosqichiga oʻtishni taʼminlagan.

2013-yilning 28-mayida Kane Angliya U20 terma jamoasining 2013-yilgi tengdoshlar kubogi tarkibiga kiritilgan. U 16-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Iroqqa qarshi oʻyinda golga assistentlik qilgan. Va Chiliga qarshi oʻyinda gol urgan.

2013-yil 13-avgustda Kane Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida debyut qilgan, Shotlandiyaga qarshi oʻyinda 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi 2015-yilgi Yevropa chempionati saralashida ham ishtirok etgan.
2015-yil 28-martda u Litvaga qarshi oʻyinda Angliya asosiy jamoasi safida debyut qilgan, 72-daqiqada Wayne Rooney oʻrniga maydonga tushgan va 73-daqiqadayoq terma jamoadagi ilk golini urgan. Kane uchun birinchi yirik turnir EURO-2016 boʻlgan, ammo turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan va Kane hech qanday tarzda oʻzini koʻrsata olmagan.

JCh-2018 boshlanishidan oldin u ushbu turnir uchun Angliya terma jamoasi sardori etib saylangan. U oltita gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz