Harry Crawford




Harrison "Harry" Crawford (talaffuzi: Garri Krovford) (1991-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — irlandiyalik futbolchi, Angliyaning „Kings Langley“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Crawford 2010-yilning 23-martida Southend United safida „Birinchi liga“da Walsallga qarshi o‘yinda (3:0) debyut qildi va 82-daqiqada Scott Spencerni oʻrniga tushdi. U birinchi golli uzatmasini 2010-yil 24-aprelda „Oldham Athletic“ga qarshi oʻyinda, Jean-Yves Mvotoga uzatib berdi, u esa toʻpni boshi bilan darvozaga yoʻlladi. U oʻzining ilk golini 1-may kuni „Stockport County“ga qarshi oʻyinda birinchi golini 75-daqiqada urdi.

Dover Athletic 2010-yil 26-avgust kuni Crawfordni bir oylik ijaraga oldi.

2011-yil 18-mart kuni Crawford „Ikkinchi liga“ doirasidagi Hereford Unitedga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Southend uchun ikkinchi va uchinchi gollarini kiritdi.

2012-yilning 18-mayida Crawford shartnoma muddati tugaganidan keyin qo‘yib yuboriladigan o‘n bir futbolchidan biriga aylandi.

2012-yil 9-avgustda Crawford „Milliy konferensiya“ klubid „Dartford“ bilan shartnoma imzoladi. U Dartford muxlislarida darhol yaxshi taassurot qoldirdi, Tamworthga qarshi debyutida gol urdi. U klubdagi yarim mavsumida 12 ta gol urdi, jumladan, Alfreton Townga qarshi oʻyinda xet-trik va 2012-yil mahalliy raqib Ebbsfleet Unitedga qarshi ikkita gol urdi.

2013-yilning 24-yanvarida Crawford „Barnet“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Ikkinchi oʻyinida, 2013-yil 1-fevralda u Ricky Holmesning oʻrniga maydonga tushganidan soʻng „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini urdi. Uning goli 89-daqiqada kiritilib, hisob 1:1 boʻldi, biroq Barnet qoʻshib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida gol oʻtkazib yuborib, magʻlub boʻldi. Crawford 2013-yilning 15-fevralida Dartfordga ijara asosida qayta qo‘shildi. Crawford 2013\2014-yilgi mavsum oxirida u Barnet tomonidan ozod qilindi. U jamoa safida 40 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.

Crawford 2014-yil 29-iyulda uchinchi marta Dartfordga qayta qo‘shildi. 2015-yilning may oyida jamoa „Janubiy Milliy liga“ga tushib ketganidan soʻng klub tomonidan, Crawford qoʻyib yuborildi.

2015-yilda Crawford 2016-yilning 27-yanvarida „Dover Athletic“ga qo‘shilishdan oldin „Boreham Wood“" va „St-Albans City“ jamoalarida o‘ynagan.

Crawford 2016\2017-yilgi mavsumda „Welling United“ga qoʻshildi. Keyin u 2017\2018-yillar davomida „Hampton & Richmond Borough“ga qoʻshildi. Crawford mavsum davomida jarohat oldi va 2019-yil fevral oyida „Bedfont Sports“ga qo‘shilganida futbolga qaytdi va debyutida ikkita gol urdi.

U 2019\2020-yilgi mavsum uchun „Kings Langley“ga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



Watfordda tugʻilganiga qaramay, u Dublinlik buvisi, shuningdek, bobosi orqali Irlandiya Respublikasiga kirish huquqini oladi. 2010-yilning may oyida, u 2010-yilgi UEFA U19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi Angliya, Ukraina va Bosniya va Gertsegovinaga qarshi Ukrainaning Kiev shahrida boʻlib oʻtadigan oʻyinlar uchun Irlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruv oldi. U Angliyaga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi, ammo tanaffusda almashtirildi. Oʻshanda u keyingi oʻyinda, Ukraina ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda foydalanilmagan. U Bosniya va Gertsegovinaga qarshi guruhning soʻnggi oʻyinida Daniel Kearnsning oʻrniga maydonga tushdi, Irlandiya shu oʻyindan keyin, musobaqadan chiqib ketdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz