Harry Cornick
Harry Charles Frederick Cornick (talaffuzi: Garri Charlz Frederik Kornik) (1995-yil 9-aprelda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Harry Cornick „Luton Town“ futbol klubida oʻng qanot hujumchisi va markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.
Harry Cornick oʻzining futbolchilik faoliyatini „Christchurch“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik 2013-yilda Harry Cornick „Bournemouth“ futbol klibi safiga qoʻshilgan. „Bournemouth“ futbol klubi tarkibida boʻlganida, Harry Cornick 2017-yilda nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubiga qoʻshilgan. Bundan tashqari Harry Cornick faoliyati davomida Milliy liga, Ikkinchi liga va Birinchi liga klublarida ham koʻp marotaba ijara asosida oʻynagan.
Faoliyati
Bournemouth
Harry Cornick oʻz faoliyatini „Christchurch“ futbol klubida boshlagan. Harry Cornick bu klub tarkibida Wessex Ligasida 33 ta oʻyinda maydonga tushib,17 ta gol urgan. Harry Cornick muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2013-yil sentyabr oyida AFC „Bournemouth“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Harry Cornick 2014-yilning yanvar oyida Premer konferensiya vakili „Welling United“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. Harry Cornick „Welling“ klubi tarkibida besh marta maydonga tushgan. Harry Cornick mavsumni „Aldershot Town“ futbol klubida qisqa muddatli ijara bilan yakunlagan.
Harry Cornick 2015-yilning 3-yanvarida AFC „Bournemouth“ futbol klubidagi professional debyut oʻyinini Angliya kubogi doirasida „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazdi. 2015-yil fevral oyida Harry Cornick „Havant & Waterlooville“ futbol klubiga ijaraga berildi.
2015-yilning 7-avgustida Harry Cornick Ikkinchi liga vakili „Yeovil Town“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Ertasi kuni Harry Cornick klub safida „Exeter City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:2) debyut qildi.
2016-yilning 26-iyulida Harry Cornick olti oylik ijara asosida „Leyton Orient“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi.
2017-yilning 31-yanvarida Harry Cornick „Gillingham“ futbol klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtdi.
Luton Town
2017-yil 8-avgustda Harry Cornick Ikkinchi liga vakili „Luton Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Harry Cornickning shartnomasi 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Luton“ klubining Birinchi ligaga koʻtarilishi natijasida (shartnomadgi koʻtarilish bandi ishga tushirilgandan soʻng) yana bir yilga uzaytirildi.
Harry Cornick 2019-yilning iyul oyida „Luton“ klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Luton Town Manbalar
uz.wikipedia.org