Harley Quinn
Harley Quinn (talaffuzi: Harli Kuinn) yoki
Dr. Harleen Frances Quinzel, M.D (talaffuzi: Doktor Harlin Frensis Kuinzl, Emdi) DC Comics komikslaridagi xayoliy qahramondir. 1992-yilda Paul Dini va Bruce Timm tomonidan yaratilgan.
Shaxsiyati
Harleen Quinzel Gotham shahridagi Arkham shifoxonasida psixiatrdir. Joker bilan uchrashgan soʻng, unga oshiq boʻlib qoladi va Joker bilan munosabatlar oʻrnatadi. Oxirida, u Joker bilan ajraladi va Quinntets nomli jinoiy toʻda tuzadi. Toʻda keyinchalik tarqalib ketadi. Harley Quinn esa yaqin dugonasi Poison Ivy bilan Metropolis nomli xayoliy shaharga koʻchib oʻtadi. Maʼlum vaqt oʻtib, u yana Gotham shahriga qaytadi va oʻz xohishi bilan Arkhamda qamoq muddatini oʻtaydi (qilgan jinoyatlari uchun). Harley Quinn u yerda muddatidan ozod qilish uchun ariza topshiradi va yil boʻyi rad javobini oladi. Aniqlashtirganda guvohi boʻladiki, uning arizasi muttasil ravishda Arkham Tibbiy Komissiyasi aʼzosi Bruce Wayne tomonidan rad etiladi. Keyinchalik, Harley yangi ayol Ventriloquist — Peyton Riley tomonidan oʻgʻirlab ketiladi. Riley unga ish taklif etadi. Harley ilk Ventriloquist — Arnold Wesker xotirasi hurmati uchun ushbu ishni qabul qiladi (Harleyning Arkhamdagi ilk haftasida uni kayfiyatini koʻtarishga uringan yagona shaxs Arnold Wesker boʻlgan). U keyinchalik Batman va komissar Jim Gordonga Rileyning yovuz rejalarini aytadi. Riley qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, Bruce Wayne Harleyning yordamidan hayratda qoladi va uni muddatidan oldin ozod qilishga rozi boʻladi. Ozod boʻlgan Harley Secret Six guruhiga qoʻshiladi, biroq qisqa muddatda guruhdan chiqishga qaror qiladi.
Boshqa ommaviy axborot vositalarida
DC Kengaytirilgan Koinoti
Avstraliyalik aktrisa Margot Robbie 2016-yilda ishlangan DC Kengaytirilgan Koinoti turkumiga mansub boʻlgan Suicide Squad va Yirtqich qushlar filmlarida Harley Quinn / Harleen Quinzel rolini jonlantirgan. Bunda Suicide Squad umumjahon boʻylab $745 million daromad topishga muvaffaq boʻldi. Bu filmning davomi ham, yaʼni Suicide Squad 2 ham yaqin kelajakda ishlanishi kutilmoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org