Haris Hajradinović
Haris Hajradinović (talaffuzi: Xaris Xayradinovich; 1994-yil 18-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Kasımpaşa klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Hajradinović Željezničarda 2012-yil 20-may kuni 18 yoshida Kozara Gradiškaga qarshi professional debyut qildi.
2012-yil iyun oyida Olimpiakga oʻtdi.
2013-yilning yanvarida Xorvatiyaning Inter Zaprešić klubiga qoʻshildi.
Yozda Hajradinović Slovakiyaning Trenchin klubi bilan shartnoma imzoladi. 14-sentyabr kuni Žilinaga oʻzining birinchi professional golini kiritdi.
2014-yil dekabr oyida Belgiyaning Gent jamoasiga oʻtdi.
2016-yil yanvar oyida Norvegiyaning Haugesund jamoasiga mavsumiy ijaraga oʻtdi, keyingi yil doimiy shartnoma imzoladi.
2017-yil avgust oyida Osijekka qoʻshildi.
Kasımpaşa
2019-yil yanvarida Hajradinović Turkiyaning Kasımpaşa jamoasiga ikki yarim yillik shartnoma asosida qo‘shildi. Klubdagi rasmiy debyutini 21-yanvar kuni Rizesporga qarshi oʻtkazdi. 7-fevral kuni Kasımpaşa safidagi Turkiya kubogi doirasidagi Akhisarsporga qarshi oʻyinda ilk golini kiritdi. Uch oy oʻtgach, Beşiktaşga ligadagi birinchi golini urdi.
Hajradinović 2021-yil 23-oktyabrda jamoadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.
2022-yil iyun oyida shartnomasini 2026-yil iyunigacha uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati
Hajradinović Bosniya va Gersegovinanining turli yosh terma jamoasini himoya qilgan.
2019-yil oktyabr oyida Italiya va Lixtenshteynga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 18-noyabr kuni Lixtenshteynga qarshi debyut qildi.
2020-yil 7-sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2020—2021-yilgi mavsumida Polshaga qarshi o‘yinda Hajradinović terma jamoasidagi birinchi golini urdi.
Shaxsiy hayoti
Hajradinović 2021-yil oktyabr oyida sevgilisi boʻlgan Belmaga uylandi.
Faoliyat statistikasi
Klub
8-noyabr, 2022-yil[22]
Xalqaro
4-sentyabr, 2021-yil[23]
Yutuqlari
Željezničar Gent Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org