Haris Duljević




Haris Duljević (talaffuzi: Xaris Dulevich; 1993-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, 2.Bundesliga klubi Hansa Rostock va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachi.

Duljević professional faoliyatini NK Čelik Zenicada boshlagan. 2011-yilda Olimpicga qoʻshilgan. Uch yildan soʻng Sarajevoga oʻtdi. 2017-yilda Dresdenning „Dynamo“siga oʻtdi. Ikki yil oʻtgach, Duljević Nîmes Olympiquega qoʻshildi. 2021-yilda Hansa Rostock bilan shartnoma imzoladi.

Duljević 2016-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan va shundan keyin 20 dan ortiq oʻyinda maydonga tushdi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Duljević 2009-yilda mahalliy „Olimpic“ klubining yoshlar tarkibiga qoʻshilgan. 2011-yil 10-aprelda 17 yoshida NK Čelik Zenica jamoasida professional debyut qilgan.

2012-yil mart oyida Olimpicga qaytdi. 2013-yilning 6-aprelida FK Velež Mostar darvozasiga birinchi professional golini kiritdi.

Sarajevo



2014-yilning aprelida Duljević 3 yillik shartnoma asosida Sarajevoga oʻtdi. 17-iyul kuni UEFA Yevropa ligasi saralash doirasida „Haugesund“ga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. 7-avgust kuni Sarajevodagi birinchi golini Atromitos darvozasiga kiritdi. Oradan 3 kun oʻtib, chempionatdagi debyutini „Borac Banja Luka“ga qarshi oʻtkazdi va gol urishga muvaffaq boʻldi. 2014—2015-yilgi mavsum soʻnggida liga chempioni boʻlishgan.

Noyabr oyida Duljević jamoa sardori etib tayinlandi.

Dynamo Dresden



2017-yilning avgustida Duljević Germaniyaning „Dynamo Dresden“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 27-avgust kuni VfL Bochumga qarshi oʻtkazdi. 27-noyabr kuni Dresdenning „Dynamo“ jamoasidagi birinchi golini „Fortuna Düsseldorf“ga kiritdi, jamoa gʻalaba qozondi.

Nimes



2019-yil iyul oyida Duljević nomaʼlum toʻlov evaziga „Nimes“ jamoasiga oʻtdi. 11-avgust kuni „PSG“ga qarshi oʻyinda rasman debyut qildi.

Hansa Rostock



Sentyabr oyida Duljević ikki yillik shartnoma asosida FC Hansa Rostockga oʻtdi. 25-sentabr kuni „Schalke 04“ga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Xalqaro faoliyati



Duljević Vlado Jagodić boshchiligida 21 yoshgacha boʻlgan Bosniya va Gersegovina terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

2016-yilning mart oyida Lyuksemburg va Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga ilk marta chaqiruv oldi. 25-mart kuni Lyuksemburgga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2018-yilning 8-sentabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasining 2018—2019-yilgi oʻyinida Duljević terma jamoadagi birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Duljević 2019-yil iyul oyida uzoq yillik sevgilisi Saraga uylandi. Ularning ikkita farzandi bor: Uma ismli qizi va Džan ismli oʻgʻli.

Faoliyat statistikasi



12-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[23]

Xalqaro



26-sentyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[24]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Duljevićning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Sarajevo

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz