HARBIY OPERATSIYA



HARBIY OPERATSIYA, harbiy amaliyot — operativ(tezkor) yoki strategik topshiriqlarni bajarish uchun qurolli kuchlarning bir yoki bir necha turlaridan tuzilgan operativ birlashmalar tomonidan yagona reja asosida amalga oshiradigan, maqsadi, vaqti va amalga oshiriladigan joyi kelishib olingan o’zaro bog’liq zarbalar, janglar majmui. Quruqlik, dengiz, havo va havo-desant operatsiyalari (amaliyotlari), hujum va mudofaa operatsiyalari, strategik, front (armiyalar guruhi), armiya, flot, flotiliya operatsiyalari farqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz