Har Gobind Khorana




Har Gobind Khorana (9-yanvar 1922 Jaypur, Hindiston – 9-noyabr 2011 Konkord, Massachusetts) — amerikalik biokimyogar. Panjob (1945) va Liverpul (Angliya, 1948) universitetlarini tugatgan. AQSH Milliy akademiyasi aʼzosi (1966). 1970-yildan Masachuset texnologiya universitetida ishlagan. Asosiy ishlari kofermentlar, nukleotidlar, nuklein kislotalarni oʻrganish va ularni sintez qilishga oid. Genetik kodning mohiyatini aniqlagan. Alaninli tRNKni birinchi boʻlib sintez qilgan. Membrana oqsillarining tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va M. Norenberg bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz