Haqqush




Haqqush — qarqaralar oilasiga mansub qush. Janubiy Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Va Janubiy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning Amudaryo va Sirdaryo vohalarida uchraydi. Tanasining uz. 60 sm ga yaqin. Kanoti 26—30 sm; qora-oqish yoki kulrang, metalldek yaltiraydi. Yetuk H.ning boshida 3—4 ta uzun, ingichka patdan iborat kokili bor. Daryo, koʻl va boshqa suv havzalarining qirgʻogʻida yashaydi. Asosan, tunda faol; koloniya boʻlib, daraxtlarga uya quradi. 4—5 ta tuxumni nari va modasi navbatlashib 21— 22 kun bosadi. Baliq, baqa, mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz