Haqnazar Sulton




Haqnazarxon , Haqnazar Sulton (?—1580) — qozoqlar xoni (1538-yildan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. Noʻgʻay oʻrdasidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib oʻrdaga tobe qozoq urugʻlarining bir qismini oʻziga boʻysundirgan. Moʻuliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-yillarning oxirida H. Sirdaryo boʻyidagi savdohunarmandchilik markazla-, ri va Toshkentni bosib olish uchun shayboniylardan Bobo sulton va Ab-dullaxon II bilan kurashgan. 1573-yil rus hukumati H. bilan oʻzaro aloqa bogʻlashga uringan. Rivoyatlarga koʻra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi H. nomi bilan bogliq boʻlgan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz