Haqiqiy tasvir




Optik tasvir — biron bir obyektning shu obyekt chiqarayotgan yoki qaytarayotgan yorugʻlik nurlariga optik tizim (qarang Optik tizimlar) taʼsir qilishi natijasida hosil boʻladigan tasviri. Optik tasvir haqiqiy va tasavvurdagi xillarga boʻlinadi (rasmga q.). Haqiqiy Optik tasvir uchrashuvi nurlar dastasi kesishgan nuqtada hosil boʻladi. Bu tasvirni ekranda hosil qilish mumkin. Tasavvurdagi Optik tasvirni ekranda hosil qilib boʻlmaydi, chunki baʼzi hollarda optik tizimdan chiqqan nurlar uchrashmaydi. Optik tasvirda obyektning qiyofasi va detallari bir oz buzilib chiqadi. Bunga aberratsiya sabab boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz