Happy Days
Baxtli kunlar — Amerika televideniyesi sitkomi hisoblanib, 1974-yil 15-yanvardan 1984-yil 19-iyulgacha ABC tarmogʻida ilk bor efirga uzatilgan, 11 faslni oʻz ichiga olgan jami 255 yarim soatlik epizoddan iboratdir. Garri Marshall tomonidan yaratilgan bu stikom 1970-yillarning muvaffaqiyatli seriyalaridan biri edi. Serial 1950-yillar va 1960-yillarning boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻrta-gʻarbiy qismidagi hayot haqidagi mukammal tasavvurni taqdim etdi va Ron Xovard Richi Kanningem rolida, Genri Uinkler uning doʻsti Fonzi rolida va Tom Bosli va Marion Ross Richining ota-onasi Xovard va Marion Kanningem rolini ijro etgan. Tanqidchilarning turli sharhlarini qabul qilgan boʻlsa-da, Baxtli kunlar vaqt oʻtishi bilan muvaffaqiyatli va ommaga mahshur boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org