Hapa




Nara — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o.ning janubida. Nara prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 366,1 ming kishi (2000). Shahar-muzey, xalqaro ahamiyatdagi turizm markazi. Stanoksozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat, yegʻochsozlik, trikotaj sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar, yogʻoch oʻyinchoklar ishlab chiqariladi. Universitet, badiiy, milliy muzeylar bor. N. — Yaponiyaning qad. shaharlaridan. Mamlakatning 710—784 yillardagi birinchi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan (7—8-asrlarga oid) yogʻochdan qurilgan monastir majmualari, ibodatxonalar va boshqa saqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz