Hao Junmin




Hao Junmin (1987-yil 24-martda tugʻilgan) — Xitoy Superligasining „Wuhan“ klubi va Xitoy terma jamoasida oʻynaydigan xitoylik professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati



Hao Junmin futbolchilik faoliyatini „Tianjin Teda“da 2004-yil 15-sentabrda „Lyaoning Zhongyu“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun debyut qilganida boshlagan. 2004-yil 28-noyabrda Liaoning Zhongyuga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini kiritgan. U oʻzini klubning doimiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan va 2005-yilgi mavsumda toʻrtinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan. Bu nafaqat uning jamoa uchun ahamiyatini koʻrsatgan, balki bu harakatlar unga Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. 2008-yilgi mavsumda Tianjinga klub tarixidagi birinchi OChLda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 

2010-yil 22-yanvarda Hao Tianjin Tedani tark etib, Bundesliga vakili „Schalke 04“ bilan shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 6-martida Frankfurtning „Ayntraxt“iga qarshi oʻtkazgan. Hao shu tariqa „Schalke 04“ safida oʻynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan. Dastlab unga 7-raqamli libos berilgan, biroq Raul 2010-yil 28-iyulda jamoa bilan shartnoma imzolanganida 7-raqamni topshirishni soʻragan. Afsonaviy ispaniyalik hujumchining azaliy muxlisi boʻlgan Hao xursandchilik bilan rozi boʻlgan va uning oʻrniga 8-raqamli libosni olgan.

2011-yilning 8-iyulida Hao „Schalke 04“ bilan shartnomasi tugashiga hali bir yil boʻlsa ham Xitoy Superligasi vakili Shandong Lunenga oʻtgan. Hao mavsumoldi mashgʻulotlarida jarohat olgan va 2013-yilgi mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan. U 2013-yilning 10-avgustida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (3:2) jarohatidan soʻng mavsumdagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan.

2021-yil 25-iyulda Hao oʻz shahrining „Uhan“ klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



Hao dastlab 2003-yilgi FIFA U-17 jahon chempionatida Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan va keyin 2005-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. Uning oʻyinlari 2005-yil 3-avgustda Yaponiyaga qarshi 2:2 hisobidagi durang oʻyinda debyut qilgan Sharqiy Osiyo kubogida 2005-yilgi terma jamoaga qoʻshilishi uchun yetarli deb hisblangan. Oʻsha paytdagi murabbiy Zhu Guanghu davrida uning xalqaro miqiyosdagi faoliyati gullab-yashnagan. Ammo kasallik tufayli 2007-yilgi Osiyo Kubogiga chaqirilmagan. 2008-yilda Hao 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻlgan, u yerda u turnirdagi uchta guruh oʻyinlaridan ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



"Schalke 04"

Shandong Luneng

Xitoy

Shaxsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz