Hanzala




Hanzala ibn Abu Omir (arab. ﺣﻨﻈﻠـة ﺍﺑﻦ ﺍﺑﻲ ﻋﺎﻣﺮ) (taxminan 601-625 yy.) Muhammad alayhissalomning sahobiylaridan biri boʻlgan. U ansorlarning Banu Avs qabilasidan edi. Uning otasi Abu Omir nasroniy boʻlgan. Hanzala endigina 24 yoshda ekanida, Uhud jangida mushriklarga qarshi kurashib halok boʻlgan. Hanzala piyoda askar boʻlib, Abu Sufyon ibn Harbning otiga hujum qiladi. Ammo Abu Sufyonni Shaddod ibn al-Asvad qutqarib qoladi va keyin Hanzalani oʻldiradi.

Hanzala birinchi nikoh oqshomida rafiqasi Jamilani (Abdulloh ibn Ubayning qizi) uyda qoldirib, jihod chaqirigʻiga javob berish uchun jang maydoniga joʻnab ketgan va gʻusl olishga ham ulgurmagan edi. U jangda shahida boʻlgach, Muhammad sollallohu alayhi vasallam farishtalar Hanzalani yer bilan osmon oʻrtasida kumush idishlarda saqlangan chuchuk yomgʻir suvi bilan yuvayotganini koʻrganlar. Bu sharaf tufayli Hanzala “Gʻasil al-Maloika” (arabcha: غسيل الملائكة), ya’ni “farishtalar tomonidan yuvilgan kishi” unvoniga sazovor boʻlgan. Uning oʻgʻli Abdulloh ibn Hanzala Umaviylar xalifasi Yazid I ga qarshi Madina ahliga boshcilik qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz