Hanyu Shuiping Kaoshi
Hanyu Shuiping Kaoshi (
HSK ; xitoycha: 汉语水平考试; pinyin: Hànyǔ Shuǐpíng Kǎoshì;
Xitoy tilini bilish testi ) — asosan XXR hududida qollaniluvchi standart xitoy tili (Xitoy mandarin tilining bir turi)ni oʻrganuvchi chet ellik talabalar va xorijdagi ona tili xitoycha boʻlmaganlar uchun moʻljallangan test. U Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligining Hanban agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
Ushbu sertifikat uchun imtihonlar Tayvan oroli hududida topshirilishi mumkin emas. Orol hududida, faqatgina maxsus TOCFL imtihonini topshirish mumkin. Oʻz navbatida, TOCFL imtihoni Xitoy hududida mavjud emas.
Tarixi
HSK testi rivojlanishi 1984-yil
da Pekin til va madaniyat universitetida boshlangan hamda 1992-yilda rasmiy ravishda milliy standartlashtirilgan testga aylantirilgan. 2005-yilga kelib, 120 dan ortiq mamlakatlar muntazam ravishda ushbu imtihonda qatnashib kelishadi. Shu jumladan, testlar taxminan 100 million marta oʻtkazilgan (mahalliy ozchilik nomzodlar bilan birga). Xitoydan tashqaridan kelgan nomzodlarning umumiy soni 1,9 million atrofida ekani taʼkidlangan. 2011-yilda Pekin xalqaro xitoy tili kolleji HSK testini onlayn oʻtkazgan birinchi test markaz sifatida tarixda qoladi.
HSK testi inglizcha TOEFLga juda oʻxshash boʻlib, sertifikat Xitoy hududida hech qanday cheklovlarsiz amal qiladi. Testlar oliy taʼlim va kasbiy maqsadlarda til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat olish maqsadida ishlab chiqilgan. Til bilish darajasi uchun berilajak HSK sertifikatidagi raqam yoki darajaga murojaat qilish Xitoyda odatiy hol emas. Misol uchun, ishga kirmoqchi boʻlsangiz, sizdan „HSK5 yoki undan yuqori“ boʻlgan darajalarni talab qilishi mumkin.
HSK faqat mandarin tilida va soddalashtirilgan xitoycha belgilarda qoʻllaniladi. Biroq, agar, imtihon oflayn formatda o‘tkazilsa, test topshiruvchi o‘z xohishiga ko‘ra yozma topshiriqlarni soddalashtirilgan yoki anʼanaviy belgilarda yozishni tanlashi mumkin. Muayyan test markazi taklifiga koʻra, imtihonlar oflayn (jonli) yoki onlayn (masofaviy) tarzda oʻtkazilishi mumkin. Masofaviy testda belgilar bilan yozish qismi (HSK 3 dan boshlab) subyektiv va biroz osonroq boʻladi. Chunki yozish uchun sizga pinyin yordam berishi, yaʼni roʻyxatdan toʻgʻri belgini tanlashingiz mumkin. Jonli, yaʼni oflayn imtihonda esa xitoy tili kalitlar, ton va tartibini eslab qolish kerak.
Qoniqarli natijalar qayd etgan imtihon topshiruvchilar Xitoyda qisqa muddatli til oʻrganish uchun stipendiya yutib olishlari mumkin.
Tuzilishi
2021-yildan
2020-yilda Xitoy ichki akademik gazetasida Xitoy malakasi standartlari o‘zgarishi: „Uch bosqich va to‘qqiz daraja“ gibrid paradigmasi yaxlit integratsiya orqali tavsiflanishi muhokama qilindi. Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi 2021-yilning 1-aprel sanasida „HSK 3.0“ boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qildi. Taqdim etilgan maʼlumotlar orasida har bir alohida bosqich uchun soʻzlar roʻyxati va yangi testni joriy qilish sanasi (2021-yil 1-iyul) ochiqlangan edi. 2022-yil aprel holatiga koʻra HSK 3.0 testlari va asosiy darajalar uchun faqat bitta tayyorgarlik kitobi nashr etilgan, shuningdek, qoʻshimcha ravishda HSK 2.0 test formati hamon yakunlangani yoʻq. HSK rasmiy vebsaytidagi yangilanishda 2021-yil aprel sanasi faqat yangi HSK 3.0 konsepsiyasining boshlanish sanasi maʼlum qilingan. Oʻrta va yuqori darajalar uchun yangi amaliy materiallar 2022-yilning uchinchi yoki toʻrtinchi choragida chiqarilishi kutilmoqda.
Yozma test Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org