Hanuka




Hanuka (ibr. “yangilanish”, “yoritish”) - yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi. 168-yilda yahudiylarning Salavkiylarga qarshi olib borgan kurashlari asnosida, yunonlar ibodatxonaga bostirib kirib, u yerdagi yog‘larning barini iflos qilib tashlaydilar. Yahudiylar g‘alaba qozongach, ibodatxonada minorani yoqish uchun, atigi bitta idishda bir kunga yetadigan toza yog‘ topadilar. Shunda moʻjiza yuz berib, bir kunga yetadigan yog‘ bilan sakkiz kun davomida minora yoniq turadi. Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz