Hans-Peter Briegel




Hans-Peter Briegel (talaffuzi: Hans Peter Briggel) (1955-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi va murabbiyi, himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Oʻz davridagi eng mashhur nemis oʻyinchilaridan biri boʻlgan Briegelning oʻziga xos sport turi atletika boʻlib, u uzunlikka sakrash (shaxsiy rekordi: 7 metr 44 sm, 16 yosh), uch hatlab sakrash va beshkurashda muvaffaqiyat qozongan. Briegel shuningdek, 16 yoshida 100 metrni 10,81 soniyada bosib oʻtgan. 17 yoshida u yengil atletikani ortda qoldirib, Kayzerslautern yaqinida ona shahri SV Rodenbax jamoasi bilan klub futboli oʻynagan. Oʻyin paytida Briegel odatda chap qanot himoyachisi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. U birinchi navbatda jismoniy qobiliyatlari, shuningdek, texnik qobiliyatlari va himoyaviy oʻyinchi uchun gol urish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati



Ikki yil oʻtgach, uni Erich Ribbek oʻz jamoasiga olgan uni FC Kayzerslautern mashgʻulotlarga olib borgan. 1976-yilning 10-aprelida Ribbek uni "Bavariya" ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda maydonga tushirgan. 1984- yilgacha u FC Kayzerslauternda qolgan. Keyinchalik u Italiyaning Hellas Verona shahriga koʻchib oʻtgan. Briegel oʻzining yangi klubi uchun muvaffaqiyat kaliti boʻlib, 1985- yilda Gialloblu bilan A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Briegel Germaniyada „ Fußballer des Jahres “ (Yil futbolchisi) deb topilgan, u ushbu mukofot tarixidagi ilk xorijlik sovrindori boʻlgan.

Hellas Veronadagi shartnomasi tugaganidan soʻng, Briegel 1988-yilda oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqishidan oldin Italiya kubogini yutgan Genuyaning „UC Sampdoria“ klubiga qoʻshilgan. Keyinchalik u yana Germaniyaga qaytgan. Bundesligada 240 ta o‘yinda 47 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati



1979-yil oktyabr oyida Uelsga qarshi Yevro-1980 saralash bahsida Briegel Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻshanda u Gʻarbiy Germaniyaning 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoasining asosoiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan Yupp Dervall murabbiyligi ostida Yevro- 1984da muvaffaqiyatsiz harakat qilgan. Briegel 1986-yilda Meksikadagi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida qatnashgan. Yevro-1988 oldidan yangi jamoa qurish uchun murabbiyning yoʻlida toʻsqinlik qilmoqchi emasligi sababli terma jamoaga chqiruvni rad etgan.

Murabbiylik faoliyati



Briegel murabbiyligidagi birinchi ish Shveysariyaning ikkinchi darajali klubi FC Glarusda boʻlgan. 1994-yilda u Germaniya quyi ligasi vakili SV Edenkoben jamoasini boshqargan. Unga 1994-yilda Bundesliganing oʻsha paytdagi ligaga tushib ketgan SG Wattenscheid 09 jamoasi berilgan lekin natijalar koʻngildagidek boʻlmagan. Natijada u murabbiylikdan yuz oʻgirgan. 1996-yilda Kayzerslautern sport direktori boʻlgan. U 1997-yil oktyabr oyida jamoa murabbiyi Otto Rexagel bilan vakolat toʻgʻrisida jiddiy tortishuv kelib chiqganidan keyin isteʼfoga chiqgan. Keyinchalik u klubga direktor sifatida qaytib kelgan.

2006-yil iyun oyida u Luka Peruzovichdan Bahrayn terma jamoasini qabul qilib olgan. Biroq, u 2007-yil 20-yanvarda 2007-yilgi Fors koʻrfazi kubogi vaqtida ishdan boʻshatilgan.

Briegelning eng soʻnggi klubi Turkiya Superligasi vakili "Ankaragücü"i boʻlib 2006—2007-yilgi mavsum yakuniga qadar murabbiylik qilgan.

Xalqaro




Yutuqlar



Verona

Sampdoriya

Gʻarbiy Germaniya

Shahsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz