Hans Zimmer




Hans Florian Zimmer (nemischa o'qilishi: [ˈhans ˈfloːʁi̯aːn ˈtsɪmɐ] — 1957-yil 12-sentabrda Frankfurt shahrida tugʻilgan nemis kompozitori. U ikki marta “Oskar” va to‘rtta “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan, ikki bor “Emmi” va bir bor "Toni" mukofotiga nomzod bo‘lgan. Zimmer 2007 - yildaThe Daily Telegraph nashri tomonidan e'lon qilingan 100 ta tirik daho ro'yxatiga ham kiritilgan.

Uning asarlari elektron musiqa tovushlarini an'anaviy orkestr aranjirovkalari bilan uyg'unlashtirish bilan ajralib turadi. 1980-yillardan beri Zimmer 150 dan ortiq filmlarga musiqa bastalagan. Uning asarlari orasida “Qirol sher” (1995-yilda “Eng yaxshi original musiqa” nominatsiyasida ilk bor Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan), “Gladiator”, “So‘nggi samuray”, “Karib dengizi qaroqchilari” seriali, “Qora ritsar” trilogiyasi, “Muqadima”, “Interstellar” va “Dunkirk” filmlari bor. U 2022 yilda "Dyuna" filmi uchun ikkinchi "Oscar" mukofotini qo'lga kiritdi.

Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tishdan oldin Zimmer o'z faoliyatining dastlabki qismini Buyuk Britaniyada o'tkazdi. U DreamWorks studiyasining kino musiqasi boʻlimi rahbari va oʻzi asos solgan Remote Control Productions kompaniyasi orqali boshqa bastakorlar bilan ishlaydi, ilgariroq Media Ventures deb nomlangan. Uning Kaliforniyaning Santa-Monika shahridagi studiyasi kompyuter uskunalari va klaviaturalarning keng assortimentiga ega bo'lib, filmlar spektakllarining demo versiyalarini tezda yaratishga imkon beradi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz