Hans Krankl
Johann „Hans“ Krankl (talaffuzi: Xans Krankl; 1953-yil 14-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi avstriyalik futbolchi va murabbiy.
Klublardagi faoliyati
Krankl professional faoliyatini Rapid Wienda boshlagan va Wiener ACdagi bir yilini hisobga olmaganda, Wien bilan 8 yil oʻynagan. 1978-yilda Yevropaning „Oltin butsasi“ni qoʻlga kiritib, Barcelonaning qiziqishini uygʻotdi. Keyin Kataloniyaliklar safida oʻynadi. „Barselona“dagi faoliyati muvaffaqiyatli boʻldi, Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi (finalning oʻzida gol urdi) va oʻsha mavsumda 29 gol bilan La Ligada eng yaxshi toʻpurar sovrinini qoʻlga kiritdi. 1981-yilda Rapid Wienga qaytib, jamoaga sardor boʻldi va keyingi 5 yil ichida yana 100 dan ortiq gol urdi. 1986-yilda Wiener Sport-Clubi oʻyinchi-murabbiyi boʻldi.
Krankl besh marta Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Xalqaro faoliyati
Krankl Avstriya terma jamoasi safida 1973-yil iyun oyida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 1978- va 1982-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. 69ta o‘yin o‘tkazib, 34ta gol urgan. Soʻnggi xalqaro oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash bahslarida boʻlgan. Ispaniya Primyerasining 1978—1979-yilgi mavsumida Barcelona safida 29 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va Pichichi kubogi bilan taqdirlangan.
1977-yilda Maltaga qarshi oʻyinda (9:0) Avstriya safida Krankl oltita gol urdi.
Asosiy yutuqlaridan biri Avstriya bilan 1978-yilgi Jahon chempionatiga chiqqani boʻlgan. Oʻshanda Avstriya yigirma yil ichida birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma olgandi.
Germaniya darvozasiga "The miracle of Córdoba" deb nomlangan o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi, bu o‘yinda avstriyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va Avstriyaning G‘arbiy Germaniya ustidan 47 yil ichida ilk g‘alabasi bo‘ldi. 88-daqiqada urilgan golning jonli tasviri hali ham milliy televideniyeda muntazam namoyish etiladi va audio sharh („Tor Tor Tor Tor Tor Tor, I werd’ narrisch“ — „Gol gol gol gol gol gol, men aqldan ozib ketyapman“) avstriyalik futbol muxlislari tomonidan darhol tilga olinadi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
Yutuqlari
Klubda
Rapid Wien Barcelona Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org