Hans Adolf Krebs




Hans Adolf Krebs (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981)— ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati (1947-yildan) va AQSH Milliy Fanlar akademiyasi (1964-yildan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi professor (1967-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932-yilda aminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937-yilda trikarbon kislotalar halqasini (qarang Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz