Hwang In-beom
Hwang In-beom (talaffuzi: Xvan In Bom) (1996-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Olympiacos“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Hwangg Daejeon Citizen jamosi bilan 2015-yilda shartnoma imzolagan. U 30-may kuni Poxang Stilersga qarshi liga oʻyinida oʻzining birinchi golini urgan va Daejeon tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.
2019-yilning 30-yanvarida Hwangg 2021 va 2022-yilgi mavsum uchun Vancouver Whitecaps jamosi bilan shartnoma imzolagan. U 2-mart kuni „Minnesota United“ga qarshi „Waytcaps“ safida debyut qilgan. 17-aprel kuni „Los-Angeles“ ga qarshi oʻyinda (1:0) jamoa uchun birinchi golini kiritgan. 2019-yilgi mavsumning 30-haftasida Hwangg „LA Galaxy“ga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirib haftaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
2020-yilning 14-avgustida Hwangg Rossiyaning „Rubin“ klubiga o‘tgan. U 2020/2021-yilgi mavsum oʻrtalariga qadar Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi pleymeykerlaridan biri boʻlgan, ammo keyin koronavirus va tovonidan olgan jarohati bu natijaga putur yetkazgan.
2022-yilning 3-aprelida Hwanggning „Rubin“ bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq maxsus FIFA qoidalariga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar to‘xtatildi. Hwangg 5-aprel kuni „Seoul“ klubiga qoʻshilgan.
2022-yilning 29-iyulida Hwangg Gretsiyaning „Olympiacos“ klubiga qo‘shilgan. 2022-yil 18-avgustda u Yevropa Ligasi pley-off o‘yinida „Apollon Limassol“ mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda hisobni tenglashtirgan gol muallifiga aylangan.
Xalqaro faoliyati
Hwangg Janubiy Koreyani 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni boʻlishida muhim rol o‘ynagan. Mukofot sifatida u Asan Mugunghwadan harbiy xizmatni yarmiga yetmasdan ozod etilgan va Daejeon Citizenga qaytib kelgan.
Hwangg terma jamoadagi debyutini 2018-yil sentyabrida o‘tkazgan va o‘sha yilning oxirida u o‘zining milliy terma jamoasidagi birinchi golini 16-oktyabr kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:2) kiritgan.
2019-yilgi OFK Osiyo kubogida Hwangg ajoyib oʻyin koʻrsatgan va ESPN turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. Shuningdek, u Janubiy Koreyani chempionlikka olib chiqqanidan keyin 2019-yilgi EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topilgan.
Oʻyin uslubi
The National Post jurnalisti JJ Adamsning taʼkidlashicha, Hwangg „markaziy yoki qanotda oʻynay oladi, ammo hujumkor yarim himoyachi sifatida muvaffaqiyat qozongan. U aniq toʻp uzatishlari, hujumkorligi, toʻpga egalik qilishi bilan mashhur“ .
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlar Manbalar
uz.wikipedia.org