Hande Erçel




Hande Erçel (talaffuzi: Hande Erchel; 1993-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktrisa va model.

Hayoti



Bugungi kunda Mimar Sinan Tasviriy Sanʼat Universiteti anʼanaviy turk sanʼatida tahsil olishda davom etmoqda. U 2012-yilda Ozarbayjonda oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida ishtirok etgan va ikkinchi oʻrinni egallagan.

U Kanal D telekanalida efirga uzatilgan „Güneşin Kızları“ serialida Selin Yılmaz Mertoʻgʻlining xarakterini tasvirlab berdi. 2016-yil iyun oyida u „Aşk Laftan Anlamaz“ serialida Hayat Uzun roli bilan ekranga qaytdi.

Faoliyati



Hande Erçel 2015-yilda suratga olingan Güneşin Kızları („Gunesh qizlari“) teleserialidagi ishtiroki bilan muvaffaqiyat qozondi. 2016-2017-yillarda Hande Aşk Laftan Anlamaz teleserialida Burak Deniz bilan birgalikda Hayat Uzun rolida rol oʻynadi. Shuningdek, u Halka teleserialida Müjde Akay rolini oʻynagan. 2019-yilda u Buğra Gülsoy bilan Azize teleserialida Azize Günay rolini oʻynadi. 2020-yilda Erçelga Kerem Bürsin bilan birga Sen Çal Kapımı teleserialida bosh rolni taklif qilishdi.

2016-yilda Hande nufuzli LʼOréal Paris kosmetika brendining yuziga aylandi. U sochlarini boʻyagan reklama roliklarida rol oʻynagan. Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, u bir yil davomida ularning rangini oʻzgartirishga haqli emas. U, shuningdek, Aras Bulut Iynemli bilan birgalikda DeFacto denim brendi reklama roligida ham qatnashgan.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz