Handa, Aichi
Handa (yaponcha: 半田市 Handa-shi?) Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 51846 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar soni 118259 nafarni, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 2494 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 47,42 kvadrat kilometr (18,31 milya) ga teng.
Geografiyasi
Handa janubiy Aichi prefekturasidagi Chita yarim orolining shimoli-sharqida joylashgan va sharqda Mikava koʻrfazi bilan chegaradosh hisoblanadi.
Iqlimi
Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Handa oʻrtacha yillik harorat 15,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1632 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,5 °C atrofida boʻladi.
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Handa aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda koʻpaygan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Tarixi
Ilk zamonaviy davri
Edo davrida Handa hududi Ovari domenining bir qismi boʻlgan.
Keyingi zamonaviy davr
1889-yil 1-oktabrda Meiji restavratsiyasidan so‘ng zamonaviy munitsipalitetlar tizimini barpo etishda Handa va Kamezaki shaharlari, keyingi yili esa Narava shahri ham tashkil etildi. Bu uch shahar 1937-yil 1-oktyabrda birlashib, Handa shahrini tashkil qilgan.
Hukumat
Handa toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Tashqi aloqalar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Xalqaro Qardosh shaharlar
Doʻstlik shahri
Milliy Qardosh shaharlar
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotning ikkilamchi sektori
Pivo tayyorlash Handa soya sousi, sake va sirka tayyorlash bilan jralib turadi va kuchli tarixiy ananalarga ham ega. Bu sohalarda Mizkan sirka ishlab chiqaruvchilarining butun dunyo boʻylab bosh qarorgohi boʻlib qolmoqda.
Ishlab chiqarish Ikkinchi jahon urushi paytida Nakajima aviakompaniyasi Handada samolyot ishlab chiqarish zavodini tashkil etdi. Urushdan keyingi davrda bu ogʻir sanoat zonasi Dow Chemical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish zavodiga aylantirildi. Natijada, Handa va Midlend (Michigan) 1981-yilda qardosh shaharlarga aylandi, bu munosabatlar bugungi kungacha davom etmoqda.
Taʼlim tizimi
Universitet
Maktablar
Transporti
Temir yoʻllar
Anʼanaviy chiziqlar Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi
Meitetsu
Kinuura Rinkai temir yoʻli
Yoʻllar
Tez yoʻllar Yaponiya milliy marshrutlari Galereya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Galereya
Madaniyati
Festival
Handalik taniqli odamlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org