Han Seung-yeon




Han Seung-yeon (1988 - yil 24-iyulda tugʻilgan), Seungyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning Kara qizlar guruhining sobiq bosh vokalisti sifatida va Hello, My Twenties! filmidagi roli bilan tanilgan.

Faoliyati



Seungyeon 2007-yil 29-martda M! Countdown musiqiy dasturida Kara guruhining bosh vokalisti sifatida debyut qillgan.

U 2007-yildan 2008-yilgacha MSL Break koʻrsatuvini olib boruvchisi boʻlgan. U 2008-yil iyun oyida Kim Hye-sung va keyinchalik aktyor Kim Soo-hyun bilan Boys and Girls Music Countdown dasturining boshlovchisi sifatida faoliyat yuritgan va bu kasbini Girls' Generation guruhidagi Tiffani bilan almashtirgan. 2008-yilning oktyabridan dekabrigacha I Need a Family nomli MBC Every 1 realiti-shousining 2-mavsumida aktyorlar tarkibiga kirgan, unda bir guruh mashhurlar ota, ona, oʻgʻil va qizdan iborat oiladek hayot kechirishi kerak. U, shuningdek, 2008-yil 21-noyabrda MBCning Section TV koʻngilochar yangiliklar shousining „pop muxbiri“ sifatida ishtirok etgan.

2010-yilda u KBS2 telekanalining Mary Stayed Out All Night dramasi saundtreki uchun „Super Star“ qoʻshigʻini yozgan. Oʻsha yili u hamkasbi Kang Ji-yong bilan birga MBC Every1 telekanalining I Love Pet koʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan. 2011-yilda u SBS telekanalining Warrior Baek Dong-soo dramasi saundtreki uchun „Because of Love“ qoʻshigʻini yozgan. 2011-yil iyul oyida u SBS Animal Farm koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ishtirok etgan.

2020-yil aprel oyida Han yangi YGX Entertainment agentligi bilan shartnoma tuzdi.

2021-yilda Han Show Me the Ghost komediya qoʻrqinchli filmida Ye-ji rolida paydo boʻlgan. U 25-chi Bucheon xalqaro fantastik filmlar festivalidagi ijrosi uchun „Fantastik aktyor“ sifatida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻlgan.

Diskografiyasi



Mini-albom




Qoʻshiqlar

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz