Han Peng




Han Peng (1983-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi.

Klubdagi faoliyati



Shandong Luneng yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Han Peng klubdagi debyutini 2002-yilning 10-martida Sichuan Guanchengga qarshi oʻtkazgan. 2002-yilning 23-martida Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritgan. Asta-sekin Shandong jamoasida bir necha mavsum davomida oʻzini namoyon qilgan, 2005-yilgi mavsumda Han Li Jinyu bilan ajoyib tandem hosil qilgan oʻsga mavsum u ligada yettita gol urgan. Shundan soʻng Shandongga 2006-yilgi liga chempionligi hamda Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritishga yordam bergan yana oʻnta golga mualliflik qilgan. Kelgusi mavsumda Han oʻzining eng samarali mavsumini oʻtkazgan, u ligada oʻn uchta gol urgan, ammo uning jamoasi Shandong liga chempionligini saqlab qola olmagan. 2008-yilgi mavsum shaxsan Han uchun omadsiz mavsum boʻlgan u mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan. Ammo Shandong liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

2015-yilning 19-dekabrida Han Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhega ikki yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida oʻtgan. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Pekin Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan.

Xalqaro faoliyati



Han xalqaro maydondagi debyutini 2006-yilning 3-iyunida Shveysariyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan. U 2007-yilgi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Zhu Guanhu jamoasining ajralmas qismiga aylangan va oʻzining birinchi golini 2006-yilning 15-noyabrida Iroqqa qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Turnir davomida Han jamoadoshi Li Jinyu bilan birga tandem hosil qilishgan. Turnir doirasida u ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo Xitoy guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro maydondagi gollari




Shandong Luneng




Yutuqlar



Klub



Shandong Luneng

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz