Hamza (tuman)
Yashnobod tumani (avvalgi nomi Hamza) — Toshkentdagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968-yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Yashnobod tumanida 50 ta mahalla mavjud.
Korxona va tashkilotlar
Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.
Keyingi yillarda tashkil qilingan „Farm Glase“ Uzbekistan—Britaniya, „Tufin“ Oʻzbekiston—Isroil, „LokKolorSintez“ Oʻzbekiston — Shveysariya, „XobasTapo“ Oʻzbekiston—Germaniya—Shveysariya, „NWA“ — Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Yashnobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, „BaxtRohat“ dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 mln.m2 ga yaqin.
Manbalar
uz.wikipedia.org